Sahifa yuklanmoqda . . .


Kelinchak orzusi

Mening g‘amim yig‘latguvchimas,

Kuch berar, qalb tig‘latguvchimas,

Men bolamga uxlatguvchimas,

Uyg‘otguvchi alla aytaman.

 

Uyg‘on deyman shu yurt haqqi deb,

Uyg‘onmasang bu xalq xalqmi deb,

Manglayimda nurdek balqi deb,

Uyg‘otguvchi alla aytaman.

 

Har yerlarni qilmagil havas,

Bayrog‘ingni berma bir nafas,

Iymoningni yemirmasin nafs,

Uyg‘otguvchi alla aytaman.

 

Sohibqiron bo‘l, bolam, deya,

Poyingdadir bu olam deya,

Ko‘ksimdagi hur nolam deya,

Uyg‘otguvchi alla aytaman.

 

Uxla bolam, alla demayman,

Bu dunyo to‘y, yalla demayman,

Har devorni qal’a demayman,

Uyg‘otguvchi alla aytaman.

 

Ey botirim, o‘g‘lonim deyman,

O‘q o‘tolmas qo‘rg‘onim deyman,

Jonim deyman, jahonim deyman,

Uyg‘otguvchi alla aytaman.

 

U uyg‘onar qaddingni tut deb,

Yetmish ikki tomiri yurt deb,

El deganda olovlar yut deb,

Uyg‘otguvchi alla aytaman.

 

Shunda bolam bedor bo‘ladi,

Sarhadlarda hushyor bo‘ladi,

Unga Xudoyim yor bo‘ladi.

Uyg‘otguvchi alla aytaman.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 06-Aprelda yuklangan

357 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kelinchak orzu alla bola g'am yig'i kuch qalb tig' uxlamoq uyg'onmoq yurt haq xalq manglay nur yer bayroq nafas iymon nafs sohibqiron poy olam ko'ksi hur nola to'y yalla devor qal'a botir o'g'lon qo'rg'on o'q jon jahon
Muallif
Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova 1978-yil 5-mart kuni Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumani, Beshdarg’at qishlog’ida tug’ilgan. O’zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, 2001 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining adabiyot yo’nalishi sohibasi. "Dil fasli", "Ro’shnolik", "Bedor qo’ng’iroq","Baxt dastxati" nomli she’riy kitoblari nashr etilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Guljamol Asqarova She'rlari Guljamol Asqarova asarlari