Sahifa yuklanmoqda . . .


karlusha

Qo’shnimning Karlusha ismli zag’izg’oni bor.

“Kar-lu-sha” – deb chaqirar
Qizcham har kuni tongda
Bog’chasiga ketayotganda…
Karlusha shaqillab qo’yar qanotlarini yoyib.

Sigaret tutatib,
Chalkashtirib oyoqlarini,
Siniq bir kursida o’tirganicha
Qo’shnim zag’izg’onga donishmandlarga
Qaragandek uzoq qaraydi…

Qo’shnim o’z ona tilida gapirolmaydi.

Karlusha bo’lsa, la’nati, ba’zan shunaqayam
O’zbekchalab so’kinadi-ki,
O’g’limga qarayman xavotir bilan.

“Bekorga uzoq yashamaydi, bu ahmoq!”
Deb kuladi qah-qahlab qo’shnim,
Ko’zlarimga tik qarolmasdan…

1987


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

25 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari