Sahifa yuklanmoqda . . .


Kampir haqida she'r

Tongda jo’nar bozorga
Dili to’la alamga,
Dili to’la ozorga
Hech kimi yo’q bu kampir.

Uch-to’rt hovuch qurt yegan
Olmasini uyadi
Va kechgacha saraton
Oftobida kuyadi.

Hech kim unga qaramas,
Qaramas olmasiga,
Odamlarga boqar u
Boqqandek bolasiga.

Ba’zilar to’g’nasharkan
Nogoh kampir ko’ziga,
Chidolmasdan, qayrilib
Keta boshlar iziga.

Hech kimni yaqinlatmas
Ko’zidagi dard-alam,
Mo’ltirab aytsa ham-ki:
“Olmamdan oling, bolam…”

Shomda uyiga qaytar
Ko’tarib olmasini,
Ko’zidagi alamni,
Dildagi nolasini.

Ammo subhi azonda
Dili to’la ozorga,
Hech kimi yo’q bu kampir
Yana jo’nar bozorga…

1988


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

270 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari