Sahifa yuklanmoqda . . .


Izoh

Topolmay so'z ta'riflarim sayqalga,
O'xshataman azim daryo baykalga,
Bosh egaman qarshimdagi haykalga.
So'rayman ulardan pinhona izoh.

Bog' aro kezarman qalbimda hislar,
Qo'riqchidek archalar safga tizilar,
Yuragim tanamga duk duk urilar,
So'rayman ulardan pinhona izoh.

Go'yoki shoirlar bahsdadirlar,
Nazm kechasidek nafisdadirlar,
Qo'llarida kitob dardidadirlar,
So'raymam pinhona ulardan izoh.

Ko'rki dunyo tarix azal ustozlar,
Qalam siyoh satri bashar ustozlar,
Yetti dunyo mangu yashar ustozlar,
So'radim sizlardan pinhona izoh.

Pinhona izohim shuki ustozim,
Ijodimga omad bering ustozim,
Sizlardan o'rnak olay ustozim,
So'radim sizlardan birgina siyoh.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
20-Martda yuklangan

151 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
so'z ta'rif daryo baykal bosh haykal izoh
Muallif
Feruz Kamol

Feruz Kamol

Feruz Kamol 1993-yil 3-mayda Buhoro viloyatining Shofirkon tumanida tug'ilgan. Ijodkorning ma'lumoti o'rta. Hozirda yosh shoirning bir nechta she'rlarini e'tiboringizga havola etamiz. Yosh ijodkorga esa o'z ustida yanada ishlashni tilab qolamiz.

Batafsil


Yangi She'rlar Feruz Kamol She'rlari Feruz Kamol asarlari