Sahifa yuklanmoqda . . .


"Ishqida" radifli g'azal

Oh, gulruxsora jonon, xordurman ishqida,

Dil aro qon, siynasi afgordurman ishqida.

 

Kechalar kirdim chaman, vaqti sahar zor ayladim,

Qumri-yu ham andalibi zordurman ishqida.

 

Xotirim tay qilsa nogah nargisi ul masti xob,

Kavkabi sayyoradek bedordurman ishqida.

 

Mo‘rdek pomoldurmankim, salomat ahliga,

Dard ahliga bu dam sardordurman ishqida.

 

Aql-u, fahm-u, hush-u idrokim sazovor o‘ldikim,

Mijmari bardosh ichinda nordurman ishqida.

 

Istasam marham ajab ermaski, sendin, ey tabib,

Dardsizlar zaxmidin bemordurman ishqida.

 

Soqiyo, bergil alimga sog‘arekim, xosdin,

Sog‘inib ul sof may, xummordurman ishqida.

 

Gul yuzi o‘xsharmu ul gul yuziga, ey bog‘bon,

Och daring, ko‘rmakligim dushvordurman ishqida.

 

Xotirim zulfiga band-u ixtiyorim husniga,

Din ila payvast ul zunnordurman ishqida.

 

Qilma, ey zohid, ko‘rub, ahvolima sen sarzanish,

Noz-u istig‘noli, so‘z bardordurman ishqida.

 

Gar kishi bo‘lsa xaridori Uvaysiy ichra bor

Ul matoyi ramzg‘a bozordurman ishqida.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

630 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
gul jonon xor ishq dil qon siyna kecha chaman vaqt sahar zor qumri andalib xotir nargis mast kavkab sayyora mo'r salomat dard ahli aql fahm hush idrok bardosh tabib soqiy may bog'bon zulf ixtiyor husn din zohid noz istig'no uvaysiy mato bozor ramz
Muallif
Jahon Otin Uvaysiy

Jahon Otin Uvaysiy

(1789/90-1850) Uvaysiy Qo'qon adabiy muhitining iste'dodli namoyandasi bo'lib, u Marg‘ilonning Childuxtaron mahallasida dunyoga kelgan. Uni Hojixon degan kishiga turmushga berishadi, biroq u Quyoshxon ismli qizi va Muhammadxon ismli o‘g‘li bilan juda yosh beva qoladi. Qadrdon bo‘lganligi uchun Nodira uni Qo‘qonga ko‘chirib olib keladi. Uvaysiy taxminan 65 yoshlarida Marg‘ilonda vafot etadi. Uvaysiy g‘azal, muxammas, musaddas, musamman, masnaviy, ruboiy, tuyuq, chiston, qit’a, mustazod kabi janrlarda ijod qilgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Jahon Otin Uvaysiy Yakpora g'azallari Jahon Otin Uvaysiy asarlari