Sahifa yuklanmoqda . . .


Hayot ro‘paramda daryodek turar...

Hayot ro‘paramda daryodek turar,
Suvlari tiniqdir,oqishlari jo‘n.
Kimdir dovullarda ovozsiz yurar,
Kimdir sukunatda soladi shovqin.

Hayot ro‘paramda tilsimdek turar,
Sehrni bilmasdan yonaman o‘tda.
Birovlar kimgadir goho pand berar,
Goh kimdir qopmoqni o‘rgatar itga.

1968


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

30 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hayot daryo suv sukunat shovqin ovoz
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari