Sahifa yuklanmoqda . . .

Hajviy ertaklar

Hajviy ertaklar - Bola dunyoqarashining shakllanishida ertaklarning o'rni beqiyos. Kichkintoylar ertaklarning sehrli olamiga sayr qilish orqali murg'ak tafakkurlarida haqiqiy hayot haqida tasavvur hosil qilish bilan birga jajji qalblarida ezgulikka muhabbat va yovuzlikka nafrat hissini tuyadilar. Mazkur to'plamdan o'zbek va jahon adabiyotidagi hajviy ertaklarning eng yaxshi namunalari o'rin olgan.

Bir kuni yetti ahmoq bozorga o‘ynagani chiqishibdi. Yurib-yurib qornilari ochibdi. Ular pul yig‘ishib yettita xurmacha qatiq va yettita non olishibdi. Endi olgan narsalarini yeyish uchun joy izlashib, bir chekkaga o‘tishibdi. Ular atrofga qarasalar, qo‘llarini yuvish uchun suv ko‘rinmabdi. Shunda ularning eng kattasi boshqalariga suv keltirishni buyuribdi. Ular bir-birlariga sansalorlik qilib, hech qaysisi unamabdi...

121
Hajviy ertak
Xalq og'zaki ijodi

Toshkentda bir lopchi bor ekan. U o‘zini birdan-bir lopchi deb bilar ekan. U bir kuni Qo‘qonda ham bir katta lopchi borligini eshitibdi. Uni mot qilib kelish uchun Qo‘qonga jo‘nabdi. Qo‘qonga borgach, lopchining uyini qidirib topibdi. Eshikni taqillatibdi. Lopchi uyida yo‘q ekan. Ichkaridan bir qiz chiqib...

65
Hajviy ertak
Xalq og'zaki ijodi

Bir kuni Aldarko‘sa yo‘lda ketayotsa, uning oldidan boy chiqib qolibdi. U Aldarko‘saga: — Hoy Aldarko‘sa, qani meni bir aldab ko‘r-chi, qo‘lingdan kelarmikan? — debdi. Aldarko‘sa qarasa boy juda takabbur ko‘rinadi. Aldarko‘sa «buni qanday qilib aldasam ekan, quruq aldasammikan yoki ho‘l aldasammikan», deb o‘ylanib turibdi-da...

51
Hajviy ertak
Xalq og'zaki ijodi