Sahifa yuklanmoqda . . .


G’ozlar-oqqushlar

(rus xalq ertagi)

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim o'tgan zamonda er-xotin, ularning qizaloqlari va kichik o'g'illari birga yashagan ekan.

- Qizalog'im, - debdi oyisi, - biz ishga borib kelaylik, sen ukangga qarab o'tirgin, aqlli qiz bo'lib uydan chiqmay o'tirsang, biz qaytishda senga chiroyli ro'mol olib kelamiz, - debdi.

Ota-onalari ketishibdi, biroz vaqt o'tgach onasining gapi qizchanig esidan chiqib, ukasini deraza tagidagi o'tloqqa o'tqizib qo'yib, dugonalari bilan o'ynagani ko'chaga chiqib ketibdi, o'yinga berilib ketib ukasi yodidan ko'tarilibdi.

Shu payt osmondan g'ozlar-oqqushlar kelishib bolakayni olib qanotlari tepasiga chiqarib olib uchib ketishibdi.

Qizcha qaytib kelib ne ko'z bilan qarasaki, ukasi o'tirgan joyida yo'q!

Dod solib, baqirib ukasini chaqira boshlabdi.

Uyoq - bu yoqqa yugurib yaylovga chiqib qarasa, uzoqdan g'ozlar oqqushlar ko'rinishibdi, ular quyuq o'rmonga qarab uchib ketishibdi.

- Ularni ortlaridan astoydil yugurib quvlab ketibdi. Yugura-yugura tandircha yonidan chiqibdi.

- Tandircha, tandircha, aytaqol, g'ozlar qaysi tomonga uchib ketishdi?

- Somsalarimdan yeb ko'rsang, aytaman, - debdi tandircha.

- Qornim to'q, - deb javob beribdi qizcha.

Yana yugurib ketibdi - yo'lidan olma daraxti chiqib qolibdi.

- Olmajon, aytaqolgin, g'ozlar qayerga uchib ketishdi?

- Olmamdan yeb ko'rgin, aytaman, - deb javob qilibdi daraxt.

- Albattada! Axir nordonku, - deb yana yugurishda davom etibdi.

Yaxshiyamki yo'lda quyoncha chiqib qolib, qizchaga g'ozlar qaysi tomonga uchib ketishganini ko'rsatibdi. Bo'masam shu ketishda yana qancha yugurardi..

O'rmonning ichkarisida bir uychaga duch kelibdi, tovuqning oyoqlaridek oyoqlari bor edi uychaning.

Uychada Yalmog'iz kampir ip yigirib o'tirardi, bolakay esa eshakchada o'tirib oltin olmachalarni o'ynab o'tirardi.

Qizaloq uychaga kiribdi.

- Salom, buvijon!

- Salom qizaloq!

- Nega kelding bu yerga?

- O'rmonda adashib qoldim, isingani kirgandim bu yerga.

Hozircha mana shu yerga o'tirib ip yigirib tur. Men hammomni isitib kelay.

Shunday deb yalmog'iz kampir kalavani qizaloqqa beribdida, o'zi chiqib ketibdi.

Qizaloq ip yigirib o'tirgan ekan, shu payt pechka ostidan bir sichqoncha chiqibdi va debdi:

- Hoy qizaloq, menga bo'tqadan ozgina bergin, men senga yordam beraman debdi.

Qizaloq unga bo'tqadan beribdi, shunda sichqon yana so'zlabdi:

- Hozir u hammomni isitgani ketdi, seni yaxshilab yuvintirib, cho'miltirib keyin qozonga solib pishirib yemoqchi.

Qizcha qo'rqib ketganidan qo'lidagi kalavani otib yuboribdi va ukasini olib uychadan otilib qochib chiqib ketibdi.

Yalmog'iz kampir hammomni isitib, qizchani olib ketish uchun kirsa, uychada hech kim yo'q ekan, jahli chiqib baqiribdi:

- G'ozlar-oqqushlar! Tezda quving, uching! Qizcha ukasini olib qochibdi!

Qizcha ukasi bilan yugurishyapti, g'ozlar esa yetib olay deyapti, shunda yo'ldan haligi olma daraxti chiqibdi.

 

- Olmajon, iltimos bizni berkit!

- Olmamdan yenglar, shunda sizlarga yordam beraman.

Qizcha tezda olmani yeya boshlabdi va rahmat aytibdi. Olma daraxti shoxlarini pastlatib opa-ukani berktibdi.

G'ozlar ularni ko'rmay shundoqqina yonginalaridan uchib ketibdi.

Qizcha yana yugurib ketibdi.

Tandirchani yoniga yetibdi.

- Tandirjon, iltimos bizni berkit!

- Mening pishib ketgan somsalarimdan yesang yordam beraman debdi.

Qizaloq somsani yegan ekan tandircha ularni berkitibdi.

G'ozlar-oqqushlar tandircha ustida u yoqdan bu yoqqa qiyqirib qichqirib uchishibdi, majbur yalmog'iz kampirning uychasiga hech vaqosiz qaytib ketishibdi.

Qizcha tandirchaga rahmat aytib, ukasi bilan uylariga yugurib ketishibdi.

Borishgach, ota-onalari ham qaytishibdi, ko'p ko'p sovg'alar olib kelishibdi. Qizaloq endi onasining gapidan chiqmaydigan bo'libdi.

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 31-Dekabrda yuklangan

434 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
g'oz oqqush qizaloq uka tandircha yalmog'iz daraxt hammom somsa olma ota ona uy kalava bo'tqa ro'mol o'yin ko'cha gap sovg'a
Muallif
Xalq og'zaki ijodi

Xalq og'zaki ijodi

Batafsil


Yangi Sehrli ertaklar Xalq og'zaki ijodi Sehrli ertaklari Xalq og'zaki ijodi asarlari