Sahifa yuklanmoqda . . .


Go'dak uxlar edi sohilda...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Go'dak uxlar edi sohilda,

Belanchagi sambit niholdan.

Dengiz ham tinch, go'yoki uning

Taqdiri haqida xayolga tolgan.

 

Ammo seziladi uning qa'rida

To'lqinlarning dev suronlari.

Shunday teranlikda yashar hozircha 

Go'dakning kelajak hayajonlari.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 09-Aprelda yuklangan

146 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Faxriddin Shamsimatov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
go'dak uyqu sohil belanchak sambit nihol dengiz taqdir xayol qa'ri to'lqin dev suron teranlik kelajak hayajon
Muallif
Asqad Muxtor

Asqad Muxtor

Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Asqad Muxtor She'rlari Asqad Muxtor asarlari