Sahifa yuklanmoqda . . .


Fikr

Daryoga aylandim,

o'ychan daryoga,

ruhimda qadimgi osoyishtalik.

Qa'rimga berkitdim dolg'alarimni,

ruhimga bo'ysundi dunyo ishlari.

O'ylayman yashamoq mohiyatini,

qattiq nigohlarim osmon xatida.

Vujudim sezmayman,

lazzat olaman

har fikr – ruhimning harakatidan.

Biroq o'jar kunduz

tovlanar ekan,

yashil zamzamali yiroq tog'lardan

irmoqlar – jodugar pari qizlarni

boshlab kelar toshloq qirg'oqlarimga.

Qizlar ko'ylaklarin

o'tlarga yoyib,

o'ynatib jarangdor tovushlarini,

xayolchan yuzimga oqshomga qadar

otib o'tirishar mayda toshlarni.

Ruhim harakati to'xtamas, biroq

har kun davom etar bu go'zal yovlik.

Menga osoyishta lahzalar kerak,

jodugar qizlarga –

sho'xlik, asovlik.

1983


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Fevralda yuklangan

136 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
fikr daryo o'y ruh qadim osoyishtalik qa'ri dolg'a ish dunyo yashash mohiyat nigoh osmon xat vujud sezgi lazzat harakat o'jarlik kunduz yashil zamzama tog' irmoq jodu pari qiz tosh qirg'oq ko'ylak o't tovush
Muallif
Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon

Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon O’sh shahrida tavallud topgan. Shavkat Rahmon chinakam otashnafas millatsevar shoir edi. U o‘z kayfiyatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanadigan shoirlar sirasidan emasdi. U hamisha millat dardini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi. Chunki u o‘z taqdirini, hayotini millatining hayoti va taqdiridan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu qilib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoirdir.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Rahmon She'rlari Shavkat Rahmon asarlari