Sahifa yuklanmoqda . . .


Fasli navbahor o‘ldi...

Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar,

Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.

 

Subhidam tushub shabnam bo‘ldi sabzalar xurram,

Gul uza tomib kam-kam yog’di abri naysonlar.

 

Nastaran yuvib yuzni, yosumon tuzib o‘zni,

Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.

 

Bir sahar edim uyg’oq: o‘t tutoshti olamg‘a,

Tog’lar chekib larza, titradi biyobonlar.

 

Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah,

Sarv gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar.

 

Bulbul o’qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin,

G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.

 

Kechtilar vafo ahli qolmayin tutub savsan,

Kiydi ko’k qilib sunbul zulfini parishonlar,

 

Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog’imkim,

Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

1508 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
fasl navbahor zimiston do'st g'animat sayr guliston subh shabnam sabz xurram gul abr nastaran yosumon nargis yor sahar o't olam tog' larza biyobon qumri bulbul sarv oh fig'on xazon g'uncha qon chok vafo sunbul zulf savdo ranj g'ussa dono nodon
Muallif
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

(1859-1909) Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat o‘zining lirik she’riyati bilan adabiyotimiz xazinasini boyitgan, ma’rifatchilik adabiyotining darg‘alaridan biri bo‘lgan hamda o‘zbek publitsistikasiga tamal toshlarini qo‘ygan zabardast ijodkordir. Uning she'riyati lirik kechinmalarning nozik tasvirlarga boyligi, hissiyotlarning o‘tkirligi, ifodalarning yangi va samimiyligi bilan ajralib turadi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat Yakpora g'azallari Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat asarlari