Sahifa yuklanmoqda . . .


Farqlar haqida ertak

Sezyapsanmi, yog’moqda yomg’ir,
Butun dunni yuvmoqda osmon.
Yelkamdagi shaytonni haydab,
Ko’zlarimga tikildi Rahmon:

-Nega ko’ksing og’riqqa to’lgan,
Qorachig’ing bo’yalmish g’amga?
Mayli, yig’la sirlaring aytib,
Bu g’am ko’plik qilar odamga.

Nogoh sening so’zing esladim,
Yuzlarimga yugurdi kulgu.
-Ikkimiz ko’p farqli, gar uni
Qo’shsak, taqdir go’zal bo’larmu?

Har oqibat sababdan bunyod,
Zamin, asli, farqlar kulbasi.
Farqsiz bo’lsa aql bilan dil,
Bu dunyoda Mehr bo’lmasdi.

Senga, balki, farqi yo’q:nega
Men tug’ildim ushbu zamonda?
Bilsang,dilga suyanar odam
Kerak ekan ahyon-ahyonda.

Balki Olloh men sabab senga
Anglatmoqchi bo’lgan dunyoni.
Nahot, ko’rging kelmas senga deb
U ko’zimga quygan ziyoni…

Sen-aqlga sodiq suvoriy,
Men ko’ngilning lashkaridanman.
Bu janggohda ko’p qurbon bo’lar,
Agar senga qalbim ochmasam.

Bilsang, mening tug’ilishimda
Bir g’aroyib kechikish mavjud:
Men saodat asrini qo’yib
Sen yashar payt topdim tavallud!

Qo’l siltagin barcha tashvishga,
Ba’zan zarra befarqlik kerak.
Ikkimizning telba farqlardan
Yaraladi chiroyli ertak…


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Aprelda yuklangan

21 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
farq yomg'ir osmon shayton rahmon ko'z og'riq qorachiq g'am yig'i sir odam so'z es yuz kulgu taqdir go'zal oqibat sabab zamin kulba aql dil dunyo mehr Alloh ziyo suvoriy ko'ngil lashkar jang qurbon qalb saodat asr
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari