Sahifa yuklanmoqda . . .

Zahiriddin Muhammad Bobur Fardlari

Zahiriddin Muhammad Bobur Fardlari - Fardlar o'zi yolg'iz bir baytdan iborat bo'lib, muayyan hayotiy vaziyatlarda qo’l keladigan xulosalar va falsafiy fikrlarni o'zida jo etadi. Ushbu to'plamdan ana shunday ko'hna hayot haqiqatlarini so'zlovchi mo'jaz asarlar o'rin olgan.

Hijron nadur? Hijron - sen uchun sevimli bo'lgan insondan yoki maskandan judolik. Hijron - so'ngsiz qiynoq. Hijron - alamli firoq. Hijron - o'tli iztirob. Hijron - bu uyqusiz o'tgan necha-necha tunlar, hijron - bu kelmasligini bilsang-da, kimningdir yo'llariga ko'z tikib, intizor bo'lmoq, hijron - ko'zyoshlaringni ichingga yutib, yuragingni ovutishga urinish... Bu ta'riflarni istagancha davom ettirish mumkin. Ammo ushbu fard hijron neligini qisqa va lo'nda ifodalab beradi.

330
Fard
Zahiriddin Muhammad Bobur