Sahifa yuklanmoqda . . .

Alisher Navoiy Fardlari

Alisher Navoiy Fardlari - Fardlar o'zi yolg'iz bir baytdan iborat bo'lib, muayyan hayotiy vaziyatlarda qo’l keladigan xulosalar va falsafiy fikrlarni o'zida jo etadi. Ushbu to'plamdan ana shunday ko'hna hayot haqiqatlarini so'zlovchi mo'jaz asarlar o'rin olgan.

Mazkur fardda shoirning ko’nglini o’rtagan, tuyg’ulariga ta’sir etgan holatlar mutoyibali yo’sinda tasvirlangan: "Men yor deb ataganim go'zal parida odamiylik fazilatlaridan boshqa barcha xislatlar mavjud". Yorning «yetuk»ligini bundan chiroyliroq ifodalash mushkul. Oltitagina so’zga bir olam ma’no joylash shoirning tasvir imkoni cheksizligini ko’rsatadi.

1268
Fard
Alisher Navoiy

Dardsiz kimsa dard neligin qaydan bilsin?! Sizning holingizni faqat ana shunday holatni boshdan kechirgan kishigina to'liq anglamog'i mumkin. Boshqalar esa, ming harakat qilmasinlar, baribir besamar. Ushbu fard ham hayotning ana shu ko'hna haqiqatidan saboq beradi.

1243
Fard
Alisher Navoiy

Odam hamisha o’zini bilishga intilib yashaydi. Ko’pchilik o’zidan minnatdor bo’lib, ko’ngli to’lib yurishi ham bor gap. Lekin asli odamlik, odamiylik nimada degan savolga ulug’ shoirning javobi shunday:"Muruvvatli odam borini birovlarga beradi, o’zi yemaydi, jo’mard, mard, ya’ni futuvvatli odam esa, ko’p ish qiladi, lekin qilgan ishi haqida hech kimga bir og’iz ham gapirmaydi".

1120
Fard
Alisher Navoiy

Aybingni aytgan kishini yoqtirmaslik hammaga xos. Lekin bu bilan o’ziga zarar qilayotganini hazrati Navoiyning ushbu fardi kishiga juda tushunarli va ta’sirli qilib yetkazib beradi. Chindan ham dam urilsa, ya’ni nafas tegsa, ko’zgu xiralashadi. Shu kabi to’g’ri gapga chidamay jirillash ham keyingi safar aybingning aytilmasligiga olib keladi. Ya’ni ma’naviy ko’zguni xiralashtiradi. Fardda payg’ambarimizning: «Musulmon musulmonga ko’zgu», -degan hadislari shoir tomonidan o’ziga xos tarzda badiiy shaklga solingan.

1078
Fard
Alisher Navoiy