Sahifa yuklanmoqda . . .


Ezgulik abadiy kuylanar...

Ezgulik abadiy kuylanar,
Tillardan tushmaydi bir nafas.
Yillar g‘ildiragi aylanar,
Hayotim yillarga hamnafas.

Yillar g‘ildiragi aylanar,
Shoshadi umrimni qisqartib.
O‘ylarim uchmoqqa shaylanar,
O‘ylarim yulduzdek betartib.

Yillar ham tinmaydi, tinmayman,
Tinimsiz oshirar yoshimni.
Ko‘nmayman, hech bunga ko‘nmayman,
Yillarga egmayman boshimni!

1969


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
17-Martda yuklangan

73 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ezgulik til nafas yil g'ildirak hayot
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari