Sahifa yuklanmoqda . . .


Ey qushginam, kuylab ber bir oz...

-Ey qushginam, kuylab ber bir oz,
Taranglashgan ruhimni yumshat.
-Erkin bo‘lsam kuylardim mumtoz,
Avval meni qafasdan bo‘shat!

-Xo‘p, ozodsan, qushginam, so‘yla,
Xushnud etgil ko‘nglimni bir on.
-Yo‘q, yo‘q, endi sen o‘zing kuyla,
Kengliklarga sig‘masdan shodon!..

1968


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

15 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qush ruh qafas
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari