Sahifa yuklanmoqda . . .


"Etdigumdandur" radifli muxammas

Fuzuliy g‘azaliga muxammas

Falak shabgun ko‘ngul dudin namoyon etdigumdandur,

Zamin gulzor qon yoshim gulafshon etdigumdandur,

Jahonda sho’ri rasvolig’ farovon etdigumdandur,

Parishon xalqi olam oh-u afg‘on etdigumdandur,

Parishon o‘ldug’um xalqi parishon etdigumdandur.

 

Saropo aqli xudroyim giriftori junun o‘lmog’,

Damodam chashmi giryonim sirishki lolagun o‘lmog’,

Dili mahzunim anduh ichra har soat zabun o‘lmog’,

Tani zorimda dardi ishq kun-kundin fuzun o‘lmog’,

Tani bedarda tadbir ila darmon etdigumdandur.

 

Yetub gar holate oshiq do’gar yosh yo edar nola,

Sabab ta’siri fayzi ma’shuq o‘la ul hola,

Eshit burhonimi tasdiqing o‘lmaza bu aqvola,

Ko‘zimkim bag‘riming qonin do’gar pargola-pargola,

Damodam orzuyi la’li jonon etdigumdandur.

 

Xachan afsus edardim sirrimi po’shida qilsaydim,

Xachan hasrat chekardim zohiran gul-gul ochilsaydim,

Xachan zahmat ko‘rardim da’vati oroma kelsaydim,

Xachan rasvo o‘lurdim qon yutub sabr eda bilsaydim,

Malomat chekdigim behuda afg‘on etdigumdandur.

 

Junun vodiylarig‘a Xizri uzlat go’star ohim,

Na hamrohim o‘lub Munis kibi hamroz-u dilxohim,

Na bir odam ko‘rib ashkim, eshitur nola-yu ohim,

Fuzuliy, ixtiloti mardumi olamdin ikrohim,

Parivashlar xayolin munisi jon etdigumdandir.


Ushbu taxmis muxammasni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
08-Yanvarda yuklangan

73 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
falak ko'ngul zamin gulzor qon yosh jahon parishon xalq aql junun chashm dil mahzun holat tan ishq oshiq kun tun soat darmon nola bag'ir orzu jonon sir hasrat gul zahmat orom sabr malomat xizr munis fuzuliy pari xayol
Muallif
Shermuhammad Munis

Shermuhammad Munis

(1778-1829) Shermuhammad Amir Avazmuhammad o‘g‘li MunisXorazmiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida dunyoga kelgan. U madaniyatimiz tarixida shoir, tarixchi, tarjimon, xattot va ma’rifatparvar shaxs sifatida nom qoldirgan. Xiva xoni Shermuhammadni saroyga farmonnavis kotib qilib tayinlaydi. Munis butun ongli faoliyati davomida ilm-fan, madaniyat va san’at kishilariga homiylik qiladi.

Batafsil


Yangi Taxmis muxammaslar Shermuhammad Munis Taxmis muxammaslari Shermuhammad Munis asarlari