Sahifa yuklanmoqda . . .


Erib ketar xira tumanlar...

Erib ketar xira tumanlar,
kapalakdek uyg’onar yalpiz.
Osmon daryo bo’lib tuyular.
o’tlar uzra chopqillaydi ko’z.

Qayrag’ochning guli – mitti jom –
jaranglaydi – taralar atir.
Va tushlarga kirar bu oqshom
maysalarni quchoqlab adir.

Shamol yelar erkin, quturib,
quriy boshlar tomlar to’sini.
Gullayotgan olchani ko’rib
derazalar ochar ko’ksini.

Yoritguncha to yurak ichin
sabza o’tlar shabnamga qonar.
Vatanini sog’inmoq uchun
yer ostida jangchi uyg’onar.

1980


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

25 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari