Sahifa yuklanmoqda . . .


Do‘stlik

Qadrdon do‘stimdan xat oldim bugun,
Sibirlik jo‘ramni esladim yana.
Onajon, xursand bo‘l farzanding uchun,
Farzanding do‘stini kutmoqda, ona!

Sen menga shafqatni o‘rgatding boshdan,
Sen menga sevmoqni o‘rgatding har on.
G‘animga diydam -ku qattiqdir toshdan,
Do‘stlarga do‘stlardek ochurman quchoq.

Shu buyuk tuyg‘u deb ichganman qasam,
Shu bois har erda omadim yordir.
Ey, ona, men senga rostini aytsam,
Dunyoda mening ko‘p do‘stlarim bordir.

Bari ham men uchun azizdir, ona,
Bari ham men kabi shodon, ustivor.
Onajon, maktubga boqqil bir, mana,
Qadrdon do‘stimning yurak tafti bor!

Quyosh jilmayib u kirib kelar,
Biz uning yo‘liga chiqaylik peshvoz.
Ko‘zlarda porlasin teran tuyg‘ular,
Shu buyuk do‘stlikka qo‘yaylik ixlos.

Do‘stlarsiz dunyoda yashab ham bo‘lmas,
Do‘stlarsiz bizlardan tole kuladir.
Onajon, Alyosha bir o‘zi emas,
Quvnoq Mashani ham olib keladir.

Kelaver Alyosha, g‘am ema sira,
Hech kimsa baxt topmas do‘stlikdan qochib.
O‘zbekning odati shunaqa, jo‘ra,
Mehmonni kutgaylar quchoqni ochib.

1974


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

37 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
do'st xat bugun jo'ra onajon farzand
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari