Sahifa yuklanmoqda . . .


Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit...

Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit, 
Sen shohu, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.

Dudi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misra’i barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.

Sarvinozim, sendin ayru naxli ohim bo’ldi xam, 
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.

Har nechakim, sabr ta’mirini bunyod ayladim, 
Ashk selobida vayron o’ldi obodim, eshit.

Barcha yoru oshnodin aylading begonalig’, 
Necha kunlar bo’ldi hargiz qilmading yodim, eshit.

Kelki, bir soat seni ko’rmoq uchun mushtoqmen, 
Telba bo’ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.

Nodira bodi sabodin senga irsol etgali
Qildi insho bu g’azalni tab’i noshodim, eshit.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

1881 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dod salotin sarvar shoh lutf faryod oh dud shu'la husn misra sarv ozod sarvinoz qomat hajr sabr bunyod shamshod ta'mir ashk obod oshno begona yod soat telba pari nodira bod sabo insho g'azal
Muallif
Nodirabegim

Nodirabegim

(1792-1842) O‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Nodira XVIII asrning oxirgi choragida Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga kelgan. Asl ismi Mohlaroyimdir. Nodira, Maknuna va Komila taxalluslari bilan ijod qilgan. Nodira she’riyati qizg’in va hayajonli, boy va mazmundor, ayni paytda fojialar bilan to’la hayotining o’ziga xos sharhlaridan iborat. Bu she’riyatning bosh mavzusi ishqdir. Uning har bir satridan ishq hidi anqiydi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Nodirabegim Yakpora g'azallari Nodirabegim asarlari