Sahifa yuklanmoqda . . .


DILDA DOG'IM QOLADI BARIBIR

Men sog'inaman tunlarim bedor,
Tanam uzra jonim qiynalar bemor,
Ko'rolmasman ko'p o'zimman beor,
KECHIR! DILDA DOG'IM QOLADI BARIBIR.
Xuwgul chehranga g'am tortdi soya,
Men nomard senga bo'lmadim qoya,
Dilginang sog'inchdan bo'ldiku pora,
KECHIR! DILDA DOG'IM QOLADI BARIBIR.
Sog'inchinga davo bo'lolmay qoldim,
Hijron yukin sendan ololmay qoldim,
Men nowudman holingni so'rolmay qoldim,
KECHIR! DILDA DOG'IM QOLADI BARIBIR.
Sur'ating siyratingday bo'lolmas ekan,
O'zga gul sen gulday bo'lolmas ekan,
Bu lablar sensiz kulolmas ekan,
KECHIR! DILDA DOG'IM QOLADI BARIBIR.
Sabr qil azizam sabr qil endi,
Juda uzoq kutding visol onlarin,
Kuttirmayman deymanu ammo,
KECHIR! DILDA DOG'IM QOLADI BARIBIR.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
20-Martda yuklangan

373 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tun bedor jon bemor dil dog'
Muallif
Feruz Kamol

Feruz Kamol

Feruz Kamol 1993-yil 3-mayda Buhoro viloyatining Shofirkon tumanida tug'ilgan. Ijodkorning ma'lumoti o'rta. Hozirda yosh shoirning bir nechta she'rlarini e'tiboringizga havola etamiz. Yosh ijodkorga esa o'z ustida yanada ishlashni tilab qolamiz.

Batafsil


Yangi She'rlar Feruz Kamol She'rlari Feruz Kamol asarlari