Sahifa yuklanmoqda . . .

Lourens Blok Detektiv hikoyalari

Lourens Blok Detektiv hikoyalari - Hayot inson qarshisiga ikki yo'l qo'yadi: biri to'g'ri, biri egri yo'l. Biri hidoyat, boshqasi esa razolat yo'li. Ulardan birini tanlash imkoni esa insonning o'ziga berilgan. Egri yo'ldan yurib, jinoyat ko'chasiga kirgan kishi borki, buning jazosini tortishi muqarrar. Bu jazo turlicha bo'ladi: qonun oldidagi javobgarlik, vijdon oldida javobgarlik, odamlar oldida javobgarlik va hk. Shunday bo'lgani holda insonni jinoyat qilishga nimalar majbur qiladi? Ushbu to'plamdan o'rin olgan o'zbek va jahon adabiyotidagi eng qiziqarli detektiv asarlar mutolaasi orqali siz inson tafakkurining yana bir qirrasini kashf etish imkoniga ega bo'lasiz.

Qing'ir ishning oxiri voy. U qanday ko'rinishda bo'lishidan qat'i nazar. Ammo inson ba'zida bir qabih ishini yopish uchun ikkinchi bir qabihlikka qo'l uradi. Oqibatda esa buning jabrini o'zi va yaqinlari ko'radi. Ushbu hikoyada ham o'z qilmishini yashirishga uringan auditorning topgan g'ayrioddiy chorasi uning o'z hayotiga qanday ta'sir qilgani tasvirlangan.

54
Detektiv hikoya
Lourens Blok

Kutilmaganda notanish odamdan kelgan xat insonga qanday ta'sir qilishi mumkin? Buning ustiga xatda g'ayrioddiy so'zlar bitilgan bo'lsa... Albatta, bu xat mazmuni va xatni olgan insonning o'sha paytdagi holatiga bog'liq. Zero, bunday maktublar inson kayfiyatiga jiddiy ta'sir etibgina qolmay, uning hayotini butunlay yangi o'zanga burib yuborishi ham mumkin. Ushbu hikoya bu fikrning yaqqol isbotidir.

65
Detektiv hikoya
Lourens Blok

"Iste'dod yetarli darajada qadrlanmagan joyda fojia yuz beradi", degan edi faylasuflardan biri. Mazkur hikoya orqali ham ushbu hikmatning nechog'li to'g'ri ekanini ko'rish mumkin. Asarlarining qiymati muharrir tomonidan o'ta past baholanishi yozuvchini nimaga yetakladi? Hikoyani o'qigach buni bilib olishingiz mumkin.

110
Detektiv hikoya
Lourens Blok