Sahifa yuklanmoqda . . .


Dardoki, yo‘q jahon elida sharmsorlig‘...

Munis g’azaliga taxmis

Dardoki, yo‘q jahon elida sharmsorlig‘,

Ko‘rganlar izzatimni menga berdi xorlig‘.

Erkan abas o‘z elidin do‘stdorlig‘,

Yaxshi kunimda har kishikim qildi yorlig‘,

Do‘ngach zamona, ayladi dushman shiorlig‘.

 

Ulkim edi vujudi vafo ma’dane bu kun,

Dushmang‘a lutf-u zulm mangodur fanne bu kun.

Derkim: «Raqib sonida ko‘rmon sani bu kun».

Atfol, etakka tosh yig‘ingizkim, mani bu kun

Devonaliqg‘a yetkuradur beqarorlig‘.

 

Har kimsa o‘z nigori visoli zamonida,

Izzat mayini no‘sh etar ishrat makonida,

Faryodkim, bo‘lolmadim ag‘yor sonida,

Itlar azizroq ko‘rinur xalq yonida

Mendinki ko‘yung ichra chekarman bu xorlig‘.

 

Borsen, agarchi davr elig‘a foyiq, etma rad,

Ushshoq aro bilib meni ham sodiq, etma rad,

Ko‘rgoch yuzingni bo‘ldum agar oshiq, etma rad,

Men garchi suhbatingg‘a emon loyiq, etma rad,

Bu gulshan ichra gul ul erur bo‘lsa xorlig‘.

 

Ushshoqni qilurg‘a chu qilding fig‘on asir,

Nag‘mangg‘a bo‘ldi barcha eshitmak hamon asir,

Ne nav’ bo‘lmayin meni bexonumon asir,

Ey mutrib, o‘ldi halqayi nag‘mangg‘a jon asir,

Sozingg‘a yor zulfidin oldingmu torlig‘.

 

Sensan sarir-u husn uzra shahanshah, ey Masih,

Gar xo‘blar kavokib erur, sen — mah, ey Masih.

Komilg‘a ko‘yung o‘lg‘ali manzilgah, ey Masih,

Munisni g‘am yeturdi holatg‘a, ey Masih,

Maqtulinga dame qila ko‘r g‘amgusorlig‘.


Ushbu taxmis muxammasni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
11-Yanvarda yuklangan

59 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dard jahon el sharm izzat xor do'st kishi yor zamon dushman shior vujud vafo kun lutf zulm raqib atfol tosh etak devona nigor visol may ishrat faryod ag'yor it xalq davr ushshoq sodiq yuz oshiq suhbat gulshan gul fig'on asir jon zulf husn shoh g'am
Muallif
Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

(1825-1899) Yangi o‘zbek adabiyotini ko‘p asrlik an’analarga ega mumtoz adabiyot bilan bog‘lab turadigan eng yorqin adabiy shaxsiyatlardan biri shoir Komildir. Serqirra iste’dod egasi Muhammadniyoz Komil milliy madaniyatimiz tarixida nafaqat shoir, balki yirik siyosiy arbob, taniqli musiqashunos, mohir tarjimon, yetuk xattot sifatida chuqur iz qoldirgan.

Batafsil


Yangi Taxmis muxammaslar Muhammadniyoz Komil Xorazmiy Taxmis muxammaslari Muhammadniyoz Komil Xorazmiy asarlari