Sahifa yuklanmoqda . . .


Dangasalar

G’ayratlilar yelib-yugurib,

Mehnat bilan mudom ovora.

Dangasalar esa o’y surib,

Yotish uchun izlashar chora.

Ishchan azal tinmay yer chopgan,

O'g'ir tuygan, sovurgan somon.

Yalqov o’ylab charxpalak topgan,

Ijod qilgan shamol tegirmon.

Parvoz etsam yuksak samoda

Zamonaviy laynerda bukun.

Rahmat deyman yorug' dunyoda

Dangasalar borligi uchun.

Yo’qsa yurar edik hoynahoy

Hanuz yayov changitib tuproq.

Xo’b yurtim bor, dangasaga boy,

Ishchanidan yalqovi ko‘proq.

Rost aytsam, bu mening ham dardim,

Xolimasman bu kasallikdan.

G’ayrat qilsam bir kasb topardim,

Shoir bo’ldim dangasalikdan.

Bizlar shundoq, bizda yo’q ixlos

Dabdaba-yu as'asalarga.

Ishlang, bizni tinch qo’ying xolos,

Tega ko’rmang dangasalarga.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 16-Fevralda yuklangan

467 marta ko'rildi

4 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dangasa g'ayrat mehnat o'y yotish chora ish yer o'g'ir somon yalqov charxpalak ijod shamol tegirmon parvoz samo layner rahmat dunyo tuproq yurt dard kasallik kasb shoir ixlos dabdaba as'asa tinchlik
Muallif
Erkin Vohidov

Erkin Vohidov

Hozirgi zamon o’zbek she’riyatining taniqli vakili. Aruz va barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini lirik turning barcha janrlaridagi she’riyati, dostonlari, dramatik asarlari, I.V.Gyote, S.Yesenin, R.Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalari she’riyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Erkin Vohidov She'rlari Erkin Vohidov asarlari