Sahifa yuklanmoqda . . .

Nodir Jonuzoq Chistonlari

Nodir Jonuzoq Chistonlari - Chistonlar mumtoz adabiyotimizning she'riy topishmoqqa asoslangan janri bo'lib, ushbu to'plamdan buyuk ijodkorlarimizning majoziy va oddiy chistonlari o'rin olgan.

Atirgul barglari... Oddigina manzara. Oddiy ko'z bilan boqsangiz, unda mo'jizakor hech nima yo'qday. Ammo lirik qahramon bu gulga ko'ngil ko'zlari bilan boqadi va uning necha ming jon uchun butun boshli bir dunyo ekanini ko'radi. Qalbini ishq asir etgan, o'zidagi nafsni yenggan va malaklikka moyil bo'lgan jumla tirik jon borki, shu atirgulning xushbo'y va nafis gulbarglari qatidan o'ziga makon tutibdi...

1038
Chiston
Nodir Jonuzoq

Hazrat Navoiy o'zining o'lmas asarlari bilan o'zbek adabiyoti bo'stonida hamisha barhayotdir. Uning har bir baytida kelajak avlodlar uchun ming-ming ibrat va hikmat mujassamligi sabab bu noyob ma'naviy xazina asrlar shiddatini ko'zga ilmaydi. Shu bois hazrat asarlarini mutolaa qilib, undagi teran mazmunni anglash va dilga jo etib yashash har bir farzandning sharafli burchidir. Ushbu she'r ham buyuk mutafakkir madhiga bag'ishlanadi.

808
Chiston
Nodir Jonuzoq