Sahifa yuklanmoqda . . .

Chingiz Aytmatov Hayoti va Ijodi

Chingiz Aytmatov

yozuvchi

3298 marta ko'rildi


Chingiz Aytmatov asarlari:

Barcha asarlari

Falsafiy hikoyalari

Romanlari

i

Chingiz To‘raqulovich Aytmatov XX asr qirg‘iz adabiyotining eng iste’dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan. Bobosi Aytmat og‘a ajoyib qo‘buzchi, otasi To‘raqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa o‘qimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirg‘iz maktabida o‘qidi, qishloq sho‘rosida kotib, soliq yig‘uvchi, brigada hisobchisi bo‘lib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirg‘iziston qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. 1956 - 1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. Chingiz Aytmatov bolaligidanoq badiiy adabiyotga ulkan mehr qo‘ygan bo‘lib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shug‘ullanadi. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi bo‘ldi. «Jamila» qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan. Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. U Q. Muhammadjonov bilan hamkorliqda «Fudziyamadagi uchrashuv» nomli drama yozgan. Chingiz Aytmatov Qirg‘iziston xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir. U Mustaqil O’zbekistonning «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro «Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi asarlarini avval qirg‘iz tilida yozib, so‘ng o‘zi rus tiliga tarjima qilingan. Ba’zi asarlari esa, avval rus tilida yozilib (masalan, «Oq kema», «Alvido, Gulsari») so‘ng qirg‘iz tiliga o‘girildi. Asarlari; «Yuzma-yuz», «Sarvqomat dilbarim», «Somon yo‘li» (1963), «Momo yer», «Alvido Gulsari» (1966), «Oq kema», «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» (1977), «Hoshim», «Gazetachi Dzyuydo», «Oq yomg‘ir», «Sepoyachi», «Qiyomat» (1986, qahramonlari: Ober-Kandalov, Iso, Avdiy, Pontiy Pilat, Iuda, Grishan, Bozorboy, Ko‘chqorboev, Guram Juxadze, Bo‘ston, Sandro va boshq.), «Birinchi muallim» (1962), «Asrga tatigulik kun», «Kasandra tamg‘asi» (1990), «Erta qaytgan turnalar» va boshq. «Oq kema» qissasi haqida Bu qissa 1970 iilda yozitgan bo‘lib, 7 qismdan iborat. Asar qahramonlari kuyidagilar: Mo‘min chol (u asarda «juda qartayib qolgan, yakkayu yolg‘iz o‘g‘li urushda halok bo‘lgan, umr bo‘yi bir yostiqqa bosh qo‘yib yotgan xotinidan ajralgan, eng katta baxtsizligi - uning qizlariga baxt kulib boqmagan» deya ta’riflangan), O’razqul, Bekey, bola (baliq bola uchun erk va qudrat ramzi edi) va boshq. «E bo‘tam, hofizlar hamdu sano o‘qishda bahslashsa - qanday yaramaslik, ular qo‘shiqchidan qo‘shiq kushandasiga aylanishadi. ... E, bo‘tam, qadimgi odamlardan kolgan gap bor: «Boylik - takabburlikni, takabburlik esa - telbalikni tug‘diradi». ... E, bo‘tam, pul hukmron bo‘lgan joyda ezgu so‘zga o‘rin yo‘q, go‘zallikka o‘rin yo‘q» degan gaplar ham shu asarda keltirilgan. Bu qissadagi rivoyatda dushman qabiladan qolgan qizcha va bolani o‘ldirib, qirg‘iz zotini yo‘q qilgan Cho‘tir Baymoq kampirga topshirilgan edi. «Asrga tatigulik kun» romani haqida Bu roman 1980 yilda yozilgan. Unda o‘tmishni eslay olmaslik uchun insonni xotirasidan umrbod mahrum qilishdek qabih jinoyatta qo‘l urish haqida hikoya qilingan. Asarda «mish-mishlarga qaraganda, jo‘ngjanglar qarg‘ishga uchrabdi - qishda muzlab qolgan Edil daryosidan to‘p-to‘p bo‘lib o‘tayotganlarida birdan muz yorilib, hammasi mol-hollari bilan birgalikda muz ostiga cho‘kib ketishibdi...» degan gaplar bor. Asar qahramonlari: Edigey Bo‘ron (u Sobitjonga «Ilgari bosh uchun e’zozlashardi, bundan chiqdi, endi orqalaring uchun e’zozlashar ekan-da... Sen manqurtsan! Haqiqiy manqurt!...» degan), Sobitjon, Jo‘lamon, Nayman ona, Qozongap (uni dafn qilishga olib ketayotganda marhumning yonida uning kuyovi - Oyzodantg eri o‘tiradi), Abutolib Quttiboev va Zarifa (ular stshincha qatag‘on qurboni bo‘lganlar), Oyzoda va boshqalar.

Tafakkur Tafakkur asarlari

Barcha taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuboshiringiz mumkin: