Sahifa yuklanmoqda . . .


Bu dunyoda orzu qilish soatlari bor...

Bu dunyoda orzu qilish soatlari bor,
Ayniqsa, tunda, yulduzlar ostida,
Yashilgina sayhonlikda, o’tlar ustida
Hayratni quchoqlab yotganda.

Bu dunyoda azoblanish soatlari bor,
Ayniqsa, tunda, yulduzlar ostida,
Yashilgina sayhonlikda, o’tlar ustida
Hasratni quchoqlab yotganda.

Bu dunyoda sevish, sevilish soatlari bor,
Ayniqsa, tunda, yulduzlar ostida,
Yashilgina sayhonlikda, o’tlar ustida
Xayolni quchoqlab yotganda,
Hayotni quchoqlab yotganda,
Ayolni quchoqlab yotganda.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
25-Noyabrda yuklangan

22 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari