Sahifa yuklanmoqda . . .


Biz bilan

Jasorat tuyg‘usi yonida
Qo‘rquvning nafasi biz bilan.
Lojuvard osmonni to‘ldirgan
Qushlarning qafasi biz bilan.

Biz bilan bobolar armoni,
Hadikning hassasi biz bilan.
Yurtim deb jon bergan botirlar,
Bobolar qissasi biz bilan.

Alpomish, Go‘ro‘g‘li kelbati,
Vatan deb o‘lmoqlik navbati,
Yalavoch bo‘lmoqlik navbati,
Xiyonat sharpasi biz bilan.

Oy chiqar mozorlar ustiga,
Kun chiqar bozorlar ustiga,
Boqarmiz hech nima sezmasdan,
Hayotning g‘ussasi biz bilan…

***

Suydigimning sochlari qora –
Dardim kabi.

Suydigimning kiprigi uzun –
Dardim kabi.

Suydigimning lablari shirin –
Dardim kabi.

Suydigimning ko‘zlari yashnar
Dardim kabi.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
25-Noyabrda yuklangan

40 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari