Sahifa yuklanmoqda . . .


Bir tutam sochlaring...

Bir tutam sochlaring mening qo‘limda, 
G’ijimlab o‘paymi, yo tarab-echay, 
Sir deb saqlaganing mening qo‘ynimda, 
Sir deb saqlayinmi, yo yelga sochay.

Sochilgan sochingday sochilsa siring, 
Anor yuzlaringni kimga tutasan? 
O’zing-ku «ularda vafo yo‘q!» deding, 
Nimaga ularni tag‘in kutasan?

Ochilgan qo‘ynimda to‘lg‘angan taning 
Ko‘ngildan qilcha ham hid yetkazmasa, 
Menga yaqinlashma, ay, tirik bo‘sa! 
«Sevdim» deganlaring yolg‘ondir sening!..

1925


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 12-Yanvarda yuklangan

530 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tutam soch qo'l sir qo'yin yel anor yuz vafo tan hid ko'ngil bo'sa
Muallif
Abdulhamid Cho'lpon

Abdulhamid Cho'lpon

(1898-1938) XX asr tongining porloq yulduzi Cho’lpon she’riyat, nasr, dramaturgiya, tarjimachilik va maqolanavislikda samarali ijod etdi. Vatan ozodligi va millat mavqeini yuksaltirish g’oyalarini mardona, jasorat bilan tarannum etuvchi ijodi istiqlol davri hayotimizning manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulhamid Cho'lpon She'rlari Abdulhamid Cho'lpon asarlari