Sahifa yuklanmoqda . . .


Bir qarasam...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Bir qarasam, do‘st-u yordan ko‘nglim to‘qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yo‘qday.

Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.

Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butkul olam menga torday.

Bir qarasam, murodimga yetgandayman,
Bir qarasam, ko‘zim ochiq ketgandayman.

Bir qarasam, shon-shuhratga yo‘g‘rilganman,
Bir qarasam, endigina tug‘ilganman.
1998 yil, avgust


Online dars - zoom, google meet orqali


Erkinjon
17/04/2017
Ma'lumot
2017, 08-Martda yuklangan

340 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Abdulla Oripov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
qarash do'st yor ko'ngil to'qlik atrof yo'qlik suyanchiq bola siniqlik lola dunyo baxt olam murod ko'z shon shuhrat tug'ilish o'lim falsafa
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari