Sahifa yuklanmoqda . . .


Bir Pari bor

Bir pari bor, yashar yiroqda,
U hammaga sohibi farmon.
Bir pari bor, yashar yiroqda,
Men ham uning vasliga zorman…

O‘sha mening Quyoshim, Oyim,
Osmon kabi zamindan yiroq.
Boray desam rad etar doim,
Va o‘zi ham kelmaydi biroq…

1976


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 18-Martda yuklangan

25 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
pari sohib farmon yiroq vasl
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari