Sahifa yuklanmoqda . . .


"Bir bo`sa ber" radifli g'azal

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Ey yuzing shavqi tanimdin oldi jon, bir bo`sa ber,
Vay labing zavqi ichimni qildi qon, bir bo`sa ber. 

Tobakay qahring bila nokom o`ylakim goh-gohi,
Til uchidin lutf etib ochib dahon, bir bo`sa ber.

Xastalarg`a no`shi la’lingdur ravo baxsh abad,
To topoy man ham hayoti jovidon bir bo`sa ber.

Gar tani bemorima bermak tilarsan noza jon,
Jon kibi ko`ksim aro aylab makon, bir bo`sa ber.

Bo`sai la’ling nabotig`a gar istarsan baho,
Mandin olib hosil-u, jon-u jahon, bir bo`sa ber.

Yo`qsa izhor aylabon mehru-muruvvat rasmini,
Man g`aribi bedilingga royig`on bir bo`sa ber.

Lahza-lahza to`tiyi ta’bimni go`yo istasa,
Shakkaristoni labingdin har zamon bir bo`sa ber.

Oshkoro bo`sa bermakdin agar sharm aylasang,
Xilvat ichra kelib, eldin nihon bir bo`sa ber.

Ogahiy piru zaif o`lmish chekib ishqing yukin,
Istasang oni qari-yu, navjuvon, bir bo`sa ber.

 


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?



Elyor Will
26/04/2017
G'azalga ham qo'shiqqa ham gap yo'q.
Ma'lumot
2017, 18-Aprelda yuklangan

1209 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Botir Qodirov kuyladi


Tayanch tushunchalar:
yuz shavq tan jon bo'sa lab zavq ich qon qahr kom til lutf dahon xasta la'l hayot bemor makon nabot baho hosil jahon izhor mehr muruvvat rasm lahza to'ti ta'b shakkariston xilvat sharm nihon el pir ishq yuk
Muallif
Muhammad Rizo Ogahiy

Muhammad Rizo Ogahiy

(1809-1874) Alisher Navoiydan keyin o’zbek adabiyoti tarixida ijodining ko’lamdorligi jihatidan birorta adib Ogahiy bilan bellasholmaydi. U yigirma ming misradan ortiqroq she’rlar, olti tarixiy asar, o’n to’qqiz tarjima asari qoldirgan. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori») devoni mashhurdir. Devonga o‘zbekcha she’rlar bilan birga fors-tojik tilida yaratilgan asarlari ham kiritilgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammad Rizo Ogahiy Yakpora g'azallari Muhammad Rizo Ogahiy asarlari