Sahifa yuklanmoqda . . .


Beshafqat ballada

Bu qiz bir so‘mga ham qiladi muqom,
To‘ydan qochib chiqdi uyalib maqom.

Qo‘shiq — navbatdagi bir "...xon" haqida,
Pulni ol! Or-nomus eski aqida.

Ishvani yopishtir badanga, yuzga,
Ayniqsa, mastlarni qochirma ko‘zdan.

Ishva bozori bu! Stollar — rasta!
Torning g'ilofida pul dasta-dasta?

Anov do‘konchiga qil avval ta'zim,
Bir dam sovumasin bir nodon bazm.

Raqqosa! Xirom qil otgunicha tong,
So‘ng uxlab olarsan kelgunicha shom.

Uyg‘onib, yig‘larsan shom chog‘i albat,
Agar yig‘lamasang, undan ham dahshat...

Raqqosa! Davrada ildam-ildam suz!..
Nega nozing — olov, ko‘zlaring — naq muz!

Ha, hayot — beshafqat! Tugadi ertak!
"To‘xta!.." deb qichqirmas biror-bir erkak!


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 11-Aprelda yuklangan

305 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
shafqat ballada qiz so'm muqom to'y maqom qo'shiq xon pul or nomus aqida ishva badan yuz mast ko'z bozor stol rasta tor g'ilof dasta do'kon ta'zim bazm raqqosa xirom tong shom dahshat davra noz olov muz hayot ertak erkak
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari