Sahifa yuklanmoqda . . .


Baxt so'zi

Baxtiyorman degan birgina so’zni

aytish uchun kerak qancha kuch, chidam,

garchi baxt so’zlarning eng yoqimligi,

garchi tursa hamki tilning uchida.

Og’ir botmasmikin

bu so’z kimgadir,

tegib ketmasmikin oh-vohlariga,

qandoq bardosh berib yashayman keyin

baxtsiz kimsalarning nigohlariga.

Avvalo, bu so’zni o’zgalar aytsin,

aytsinlar ko’zlari quvonchga to’lib.

Elning baxti uchun umrini tikkan

shoirlar aytmasin birinchi bo’lib.

Bu so’zni bir umr aytmay yashadim,

har shodlik kelganda yurdim sekinroq.

G’am so’zin elimdan avvalroq aytdim,

Baxt so’zin aytaman

eldan keyinroq.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Fevralda yuklangan

2039 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
baxt so'z kuch chidam til uch oh bardosh kimsa nigoh o'zga ko'z quvonch el umr shoir shodlik g'am
Muallif
Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon

Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon O’sh shahrida tavallud topgan. Shavkat Rahmon chinakam otashnafas millatsevar shoir edi. U o‘z kayfiyatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanadigan shoirlar sirasidan emasdi. U hamisha millat dardini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi. Chunki u o‘z taqdirini, hayotini millatining hayoti va taqdiridan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu qilib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoirdir.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Rahmon She'rlari Shavkat Rahmon asarlari