Sahifa yuklanmoqda . . .


Basyo kitobining varaqlarida

Basyo kitobining varaqlarida
Sarg’aygan yaproqlar, alvon yaproqlar,
Qadim ibodatgoh… Undan narida
Toqqa o’rmalagan daydi so’qmoqlar.

Ulardan tepada,
Tog’lar boshida
Qor bosgan qoyalar oqarib turar.
Hassaga suyangan sochi oq darvish
Izlab topolmagan olxo’ri gullar.

Va sovuq gullarning duri osilgan
Novdada yolg’iz bir qarg’a o’ltirar.
U chechaklari qor ostida so’lgan
Vodiylar tomonga loqayd mo’ltirar…

1988


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

13 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari