Sahifa yuklanmoqda . . .


Bani jondan o'sondirdi, jafodan yor o'sonmazmi...

Bani jondan o'sondirdi, jafodan yor o'sonmazmi?

Falaklar yondi ohimdan, murodim sham'i yonmazmi?

 

Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson,

Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi?

 

Shabi hijron yonar jonim, do'kar qon chashmi giryonim,

Uyodir xalqi afg'onim, qaro baxtim uyonmazmi?

 

Guli ruxsoringa qarshu go'zimdin qonli oqar su,

Habibim fasli guldir bu, oqar suvlar bulanmazmi?

 

G'amim pinhon dutardim ban, dedilar, yora qil ravshan,

Desam ul bevafo bilman, inonurmi, inonmazmi?

 

Dagildim ban sango moyil, san etding aqlimi zoyil,

Bango ta'n aylayan g'ofil, sani ko'rgach, o'tonmazmi?

 

Fuzuliy rindi shaydodir, hamisha xalqa rasvodir,

Ko'ringkim, bu na savdodir, bu savdodan o'sonmazmi?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

213 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jon jafo yor falak oh murod sham bemor jonon davo dard ehson darmon shab hijron qon chashm xalq qaro baxt gul ruxsor ko'z su g'am vafo aql fuzuliy rind shaydo rasvo savdo
Muallif
Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy

Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy

(1498-1556) Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy Sharqning eng mashhur shoirlaridandir. U 1498-yilda Iroqning Karbalo shahrida tug’ilgan. Fuzuliy ijodi boy va rang-barang bo’lib, ko’lami va qudratiga ko’ra butun turk adabiyotida alohida bir bosqichni tashkil qiladi. XVI asr turkiy she’riyatida unga qiyos etgulik ikkinchi bir shoirni topib bo’lmaydi. U, avvalo, zabardast lirik shoirdir. Yuzlab ehtirosli g’azallar yozgan, devonlar tuzgan, turkiy she’rning buyuk Navoiydan keyin qadr-u e’tiborini yuksak sharaf va mas’uliyat bilan himoya eta olgan ijodkordir.

Batafsil


Yangi Musalsal g'azallar Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy Musalsal g'azallari Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy asarlari