Sahifa yuklanmoqda . . .


Balandparvoz bo'lar bu shoir xalqi...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Balandparvoz bo'lar bu shoir xalqi,

Birovi quyosh der, biri yulduz der.

Meningcha, u hammas, bu hammas,

Balki endi o'tdan chiqqan o'zimizning yer.

 

Tog'ri, yulduz yaxshi hasham-dong uchun,

Lekin bir charaqlab, uchib ketadi.

Yer esa tirishib, bo'lajak don uchun

Oqsil moddasini tarkib etadi.

 

Zamonlardan o'tadi bo'ron shamolday,

Bosiladi quyun, bosiladi kul.

Vulqonlardan ungan yashil niholda

Bir kuni barq urib ochiladi gul.

 

Uchadi qutilib o'tli libosdan,

Zangori ro'molda yer misli momo.

Mehr-u ezgulikni bag'riga bosgan,

Samo zulmatidan tirik, yagona.

 

 


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 09-Aprelda yuklangan

387 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Faxriddin Shamsimatov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
parvoz shoir quyosh yulduz yer o't hasham don oqsil modda quyun kul vulqon nihol gul libos samo zulmat tirik yagona yaxshi bo'lajak tarkib zangori ro'mol momo mehr ezgulik bag'ri
Muallif
Asqad Muxtor

Asqad Muxtor

Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Asqad Muxtor She'rlari Asqad Muxtor asarlari