Sahifa yuklanmoqda . . .


Bahor toshqinidek maysa mavj urar...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Bahor toshqinidek maysa mavj urar,

Cheksiz yaylovlarda, yonbag'irlarda.

Tovushsiz ko'k sharpa jahon bo'ylab yurar,

Chaqmoq, jazirama, do'l, yomg'irlarda.

 

Chashma ko'zlariga bo'ladi kiprik,

Bosh turtib chiqadi darz ketsa qoya.

Darrov ko'karadi kamqatnov ko'prik,

Unutilsa so'qmoq yo pillapoya.

 

Bomba o'pqonlarin ko'zdan yashirar,

Yong'inlar ketidan bosar izma-iz.

Bir kaft tuproq bo'lsa, hayot nish urar,

U tugamas, u mangu, cheksiz...


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 09-Aprelda yuklangan

118 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Asqad Muxtor o'qidi


Tayanch tushunchalar:
bahor toshqin maysa mavj yaylov yonbag'ir sharpa jahon tovush ko'k chaqmoq jazirama do'l yomg'ir chashma ko'z kiprik bosh qoya ko'prik pillapoya bomba o'pqon yong'in iz kaft tuproq hayot nish mangu
Muallif
Asqad Muxtor

Asqad Muxtor

Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Asqad Muxtor She'rlari Asqad Muxtor asarlari