Sahifa yuklanmoqda . . .


BADOYI UL-BIDOYA (1-tom) 6-qism

Ahli ishq ichra manga yoqma vara’ tuhmatini, 
Zohido, qilma hunar ahlig‘a bizni ma’yub.

Istasang mulki baqo, salb qil o‘zlukni burun, 
Ki suluk ichra fano ahlig‘a budur uslub.

Ey Navoiy, tilasa shoh mushavvash raqaming, 
Har ne matlub anga, bizga ham uldur matlub.

                                   59

Tiyg‘ ila xoki tanimni har taraf yording kelib, 
Naqdi jon olmoqqa bu tufrog‘ni oxtording kelib.

Keldingu ko‘nglumni yuz chok etmaguncha bormading, 
Ba’d umre, ey sitamgar, yaxshilar bording kelib.

Jon senga qurbonki, olib jon ko‘ngul afg‘onidin, 
Ham o‘zungni, ham meni, ham elni qutqording kelib.

Qatl bas erdi, tanim ul ko‘ydin sudratmaging 
Ortug‘ erdi, ey jafojo‘, haddin o‘tkording kelib.

Ey ko‘ngul, ozdur senga bu hamki, ul oy ko‘yidin 
Man’lar qildim, vale yuz qatla yolbording kelib.

Soqiyo, etkurmish erdi jonni og‘zimg‘a xumor,
Jon fidong o‘lsunki, bir may birla qoytording kelib.

Zuhd etib erdi Navoiyni xarob, ey mug‘bacha, 
Tengri yoringkim, fano dayrig‘a boshqording kelib.

                                    60

Chobukekim, har taraf maydon aro aylar shitob, 
Barqi lomi’dur samandi, gardi andoqkim sahob.

O‘qi rashkidin erur ko‘ksum aro ko‘nglum qushi 
Ul kabutarkim, qabaq nchinda qilg‘ay iztirob.

Otsa o‘q ul qoshi yo yuz pech urar jon rishtasi, 
Kim manga hirmonu oning o‘qig‘a etgay tanob.

Nogahon otqaymu deb bir o‘q qabaq shakli bila 
 

7-qism

5-qism


Ma'lumot
2018, 31-Yanvarda yuklangan

106 marta ko'rildi

BADOYI UL-BIDOYA (1-tom)


Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Devonlar Alisher Navoiy Devonlari Alisher Navoiy asarlari