Sahifa yuklanmoqda . . .


BADOYI UL-BIDOYA (1-tom) 5-qism

Shohlar pobo‘sung etgandin, Navoiy, yaxshiroq 
Kim boshingni xoki rah etsang aning pobo‘sida.

                                         41

Kimsa hargiz ko‘rmadi chun ahli davrondin vafo
Ulki davron ofatidur, ne tama’ ondin vafo?!

Jonimu umrumdur ul oy, bevafo bo‘lsa, ne tong, 
Qayda ko‘rmish kimsa hargiz umr ila jondii vafo?

Gar vafo qilsang erur, andinki, bordursen, pari, 
Yo‘qsa, kim olamda ko‘rmish nav’i insondin vafo?

Vahki, davron ahlidin juz bevafolig‘ kelmadi, 
Har nechakim ko‘rdilar men zoru hayrondin vafo.

Chun  vafo  gulbargi davron  bog‘ida  er  topmadi, 
Bejihatdur kimki istar bu gulistondin vafo.

Kimsa qo‘nglin kimsadin istab vafo, oldurmasun, 
Kim manga xud etmadi ul ko‘nglum olg‘ondin vafo.

                                       42

Mir’oti husnung tiyradur bu ohi dardolud aro, 
Ravshanlig‘i mumkin emas chun sham’ qoldi dud aro.

Butganga o‘xshar degasen har yon qizil tol uzra barg, 
Har soridin paykonlaring bu jismi xunolud aro.

Shomi g‘am ohim dudidur, ul dud aro har yon sharar, 
Bilgil, nuhusat anjumi bu shomi qiyrandud aro.

Xo‘y qatrasidan g‘arq erur xoling savodi, vah, netar, 
Bir tiyra kavkab fitnasi yuz axtari mas’ud aro.

Ochting chu zulf, ul ikki ko‘z har yon hadang otmoq, ne tong,
Kim qolmish ikki turki Chin hinduyi noma’dud aro.

Ul ko‘y qasdi etmisham, ey voiz, oni man’ etib,
Har dam dema jannat so‘zin, so‘z solmag‘il maqsud aro.

Qochsa Navoiy shayxdin piri mug‘on sori, ne ayb, 
Kim bor tafovutlar base maqbul ila mardud aro.

                                   43

Er tutar ko‘nglumda gardundin judo bo‘lg‘on balo, 
Jondadur devona ko‘nglumdin xato bo‘lg‘on balo.

Istamonkim ishq mendin o‘zgani qilg‘ay asir, 
Hech kishiga bo‘lmasun, yo rab, manga bo‘lg‘on balo.

Shod yuzlanmang, balolar, bizgakim, bo‘lmas xalos 
Bu ko‘ngul zindoni ichra mubtalo bo‘lg‘on balo.

Xo‘blardin har kishiga bir balo etgan kuni 
Bizga etmish otidur javru jafo bo‘lg‘on balo.

Vaslida rashk o‘lturur hajrida g‘am, vahkim, manga 
Vasl aro bo‘lg‘on balodur hajr aro bo‘lg‘on balo.

O‘ltururlar hamdaming bo‘lsam, o‘larmen bo‘lmasam 
Bo‘lmag‘on, jono, sening birla balo bo‘lg‘on balo.

Nosiho, oshiqlig‘imni man’ qilding, bilmading, 
Kim nasihat birla daf’ o‘lmas qazo bo‘lg‘on balo.

Chun balosiz kom yo‘q, topmas baqo komin, magar 
Kimki oni o‘rtamas oti fano bo‘lg‘on balo.

                                   44

Orazu xolingni bir dam ko‘rmasam, ey dilrabo, 
Uyladurmenkim ko‘runmas ko‘zuma oqu qaro.

Hajr aro ra’no qading naxlin tilarmen tengridin, 
Shomlar sham’ istagandek xayr ahlidin gado.

Gar firoq ayyomining bilmon hisobin, ne ajab, 
Kim yuzung hajrida kunduz kecha yanglig‘dur mango..

Barq emas, olamg‘a yuz qo‘ymishdur ohimdin sharar,
Ra’d emas, gardung‘a chirmanmish fig‘onimdin sado.

Boshing ol, ket o‘z payi vaqtingg‘a, ey shaydo ko‘ngul, 
Kim emassen xasta jonning hech dardig‘a davo.

Necha oqg‘ay ko‘z yoshim, etkur g‘uborin, ey nasim, 
Farzi ayn erur yasharur ko‘zga solmoq to‘tiyo.

Umr eldek o‘tmagin debsen magar, ey bog‘bon, 
Kim yaqosi choksiz gul butmadi bu bog‘ aro?

Jon topay dersen sabuhiydin, vale g‘ofilki, subh 
Chok etib ko‘nglak, sening holingga tutmishtur azo.

Ey Navoiy, xasta ko‘nglumga madaddur novaki, 
Rost andoqkim zaif elga berur quvvat aso.

                                    45

Ravshandururki,  mehr  yuzungdin olur safo, 
Yo‘qsa, ne zajh ila qamar andin topar ziyo?

G‘arqi muhiti ishqing edi jon ila ko‘ngul, 
Ul damki, ruh emas edi tan birla oshno.

Gulda yuzung latofatidin range ko‘rmasa, 
Bulbulg‘a ne edi bu fig‘on birla, bu navo?

Bir zarra og‘zi ramzini har kimki angladi, 
Yo‘li adam tariqiduru zodi rah — fano.

Ul zindadil hayoti abad vaslidin topar, 
Kim neshi g‘amni no‘sh deru dardni davo.

Lomiki, vasl ayog‘ig‘a topmishtur ittisol, 
Ul «lom»durki, o‘rtag‘a olmish oni «balo».

O‘zdin qutul, Navoyiyu maqsadg‘a etki, qush 
Etmas chamang‘a, bo‘lsa qafas ichra mubtalo.

                                46

Zor jismimg‘a xadanging zaxmidin ortar navo, 
Sozdekkim, teshsalar oni fuzun aylar sado.

Qaddi hajrida g‘amim sham’ini har devorg‘a, 
Kim tayabmen sarv andomi bila bo‘lmish qaro.

G‘unchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdig‘a 
Etkurur har dam adam daryosidin mavji fano.

Orzuyi vaslidin ranjur zrur munglug‘ ko‘ngul, 
Qut uchun tazvir ila bemor bo‘lg‘ondek gado.

Nega  yig‘lab anbariy zulfin kesar  hijron tuni, 
O‘lmagimni  anglabon gar  sham’ tutmaydur  azo?

Hajr dardin ko‘ngluma kam qildi xoling oqibat, 
Dog‘ emish dardi shaloyin xastag‘a oxir davo.

Ruhparvardur Navoiy ohu ul yuz shavqidin, 
Ul sifatkim lolavu gul yuzidin kelgay sabo.

                                     47

Yor dardim so‘rmayin ko‘nglumni mahzun qildilo, 
Jonim oshubini kam qilmoqdin afzun qildilo.

Bermayin zaxmin jigar qonig‘a taskin gunae, 
La’li kulmak birla ashkimni jigargun qildilo.

Daf’i savdo istadim la’li mayidin, bir yo‘li 
Ul pari savdozada ko‘nglumni majnun qildilo.

Ey ko‘ngulkim, sabr tog‘in maskan etting oqibat, 
Tund sayli ishq ul tog‘ingni homun qildilo.

Besutung‘akim sutun Farhod bo‘ldi, qofi ishq 
Ul sutunni Besutun ostidagi «nun» qildilo.

Nedur uchmoq joh ila, oxir falak Namrudning 
Osmoni taxtu johin ganji Qorun qildilo.

Qatra xo‘yliq orazing vasfin Navoiy qilg‘ali, 
Lutfi tab’ abyoti nazmin durri maknun qildilo.

                                       48

Sorig‘ og‘riq bo‘ldum, zy soqiy, xazoni hajr aro, 
Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir kahrabo.

Yuzu jismimdur sorig‘ barge qurug‘on shox uza, 
Shoxu bargekim qurub sorg‘orsa, kim ko‘rmish davo?

Ne marazdur buki, bir gulrux sharori ishqidin 
Bo‘ldi sorig‘ lola ko‘zum oqiyu dog‘i qaro,

Sud emish ko‘z tushsa asfar jinsi sori, vah, qani 
Sarvinozimkim, sorig‘ gul barg‘idin kiymish qabo?

Sorg‘orib qoldim havodis kojig‘a hijrda kuni, 
Bir sorig‘ qushdekki, kunduz qolg‘ay ul qushlar aro.

Shom ila subh ar sorig‘ og‘riq emaslar, bas nedur 
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmoq azo?

Dard tufroqqa nihon qildi Navoiy jismini, 
Topibon bir shisha oltun dafn qilg‘ondek gado.

                                     49

Ko‘nglum o‘rtansun agar g‘ayringga parvo aylasa, 
Har ko‘ngul hamkim sening shavqungni paydo aylasa

Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid o‘lay, 
Har kishi hamkim sening vasling tamanno aylasa.

O‘zgalar husnin tamosho aylasam chiqsun ko‘zum, 
O‘zga bir ko‘z hamki husnungni tamosho aylasa.

G‘ayr zikrin oshkora qilsa lol o‘lsun tilim, 
Qaysi bir til hamki zikring oshkoro aylasa.

Rashkdin jonimg‘a har nargis ko‘zi bir shu’ladur,, 
Bog‘ aro nogah xirom ul sarvi ra’no aylasa.

Yo‘q og‘izdin nukta aytur mahvashimdek bo‘lmag‘ay, 
Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa.

Oqibat jonimg‘a etti, ey xusho mug‘kim, meni 
Bir qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa.

Qelturung daf’i jununumg‘a parixon, yo‘q tabib, 
Kim ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa.

Subhdek bir damda gardun qo‘ymag‘ay osorshsh 
Nogah ahli sidq ko‘ngli mehrin ifsho aylasa.

Dahr sho‘xig‘a, Navoiy, sayd bo‘lma, nechakim 
Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa.

                                  50

Qosidekim yordin bir so‘z rivoyat aylasa, 
Istaram so‘rg‘on soyi boshtin hikoyat aylasa.

Telbalar yanglig‘ gah o‘z holimdadurmen, goh yo‘q, 
Ul paridin har kishi bir so‘z rivoyat aylasa.

Ey ko‘ngul, ohingni dersenkim suv aylar toshni, 
Chin erur, gar ko‘ngliga oning siroyat aylasa.

Jong‘a basdur har nafas bir dog‘, nevchun bo‘lmasun 
Qoni’ ulkim, bir diram har dam kifoyat aylasa.

Topti Majnun shuhratu qoldi mening qissam nihon, 
Kim o‘lar har kim fasonamni bidoyat aylasa.

G‘am sipah qasdimg‘a tortibtur, ne bo‘ldi piri dayr 
Bir qadah birla bu mahzunni himoyat aylasa?

Ey Navoiy, faqrdin bebahradur yuz g‘am etib, 
Solikekim shukr borinda shikoyat aylasa.

                                   51

Bag‘ir xunobidin za’f o‘ldi g‘olib xasta jonimg‘a, 
Og‘ir erdi g‘izo, avd etti zahmat notavanimg‘a,

Labing hajrida jismim konidin har pora la’ledur, 
Ko‘ngul zaxmida yaxshi boqsalar bir qatra honimg‘a.

Adam durjiki og‘zing huqqasidur, marhame ondin, 
Davodur g‘unchadek ko‘nglumdagi dog‘i nihonimg‘a.

Sarig‘ yuzumdin el yig‘lar, magarkim o‘lmagim etti, 
Kim mundog‘ xosiyat baraks bo‘ldi za’faronimg‘a.

Salohim pardasi kuydi ul o‘tlug‘ yuz xayolidin, 
Fig‘onkim, oyni yod etmak zarar qildi katonimg‘a.

Ul oy kulbamga keldi jondurur xunob ila ohim, 
Bu tortig‘lar murattab  aylamishmen mehmonimg‘a..

Qaroru aqlu hushum ishqing o‘ti birla churkandi, 
Samum esdi balo dashtida ozg‘an karvonimg‘a.

Zamon  avroqiyu ishqim edi Farhodu Majnundin, 
Falak bir-ikki fasl etti izofat dostonimg‘a.

Navoiy, Zuhra udin motamim tutqonda kuydurdi, 

Falak sori erishib borg‘on uchqunlar fig‘onimg‘a.

                                   52

Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo, 
Aylamas to‘ti takallum shakkaristondin judo.

Ul quyosh hajrida qo‘rqarmen falakni o‘rtagay 
Har sharorekim, bo‘lur bu o‘tlug‘ afg‘ondin judo.

Dema, hijronimda chekmaysen fig‘onu nola ko‘p, 
Jism aylarmu fig‘on bo‘lg‘on nafas jondin judo?

Bo‘lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag‘il 
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.

Hajr o‘lumdin talx emish, mundin so‘ng, ey gardun, meni 
Aylagil jondin judo, qilg‘uncha jonondin judo.

Vasl aro parvona o‘rtandi, hamono bildikim 
Qilg‘udekdur subh ani sham’i shabistondin judo.

Bir iyosiz it bo‘lub erdi Navoiy yorsiz, 
Bo‘lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.

                                        53

Zihi  visolingga  tolib tutub o‘zin  matlub, 
Muhabbatidin otingni habib atab mahbub.

Urujung aqshomi bo‘lmay to‘quz snpehr hijob, 
Yuzung xijolatidin mehr o‘lub vale mahjub.

O‘t ichra tushsa bo‘lur nisbati samandardek,
Kishiki, ishqing o‘tig‘a o‘zin qilib  mansub.

Iting hisobig‘a kirgan hisob vaqtida, 
Agarchi jurmi erur behisob, emas mahsub.

Kitobat etmaganingdin qalamda nol ermas, 
Ki tushti ko‘ngli aro tob uylakim maktub.

Libosi motam aro qoldi to abad soya,
Ki mehrdin nega yoningda bo‘lmadi mashub.

Muti’i amring agar podshoh, agar soyil, 
Gadoyi xonung agar hushmand, agar majzub.

Ajab yo‘q, olsa ko‘ngul hushin ul iki gisu, 
Bu bo‘lsa silsila, ko‘p telbani qilur mag‘lub.

Tilasa ravzani zohid, Navoyiyu ko‘yung,
Ki har kishi ani istarki, bor anga marg‘ub.

                                     54

Sochsa anjumdin falak boshingg‘a yuz ming durri nob, 
Jolayi g‘am, bilki, yog‘durg‘ay bir ofatliq sahob.

Ne g‘araz bu jolani yog‘dursa andin o‘zgakim,
Umr naxlin sinduro‘b, tan gulbunin qilg‘ay xarob.

Ro‘ziy ortug‘ bo‘lmag‘in har kimki bilgay charxdin, 
Zol yanglig‘durki roziiq charxini qilg‘ay xitob.

Ofarinish bahridin gardun hubobi besh emas, 
Bormu imkon kimsaya bir qatra suv bermak hubob?

Bo‘lsa erdi qudratikim lahzae tobqay qaror, 
Tunu kun tinmay bu nav’ etgaymu erdi iztirob?

Ul dog‘i o‘z holig‘a hayron erur andog‘ki men, 
Anda ham sargashtaliq andoqki menda pechu tob.

Jismi oning ham havodis zarbasidin nilgun, 
Topmayin maqsudini mendek necha aylab shitob.

Qudrat ilgida bo‘lub ul ham zabun andoqki men, 
Olmay ul mendii hisob, andoqki men andin hisob.

Ey Navoiy, solik ersang haq vujudin bil vujud, 
Mosivollohni adam, vallohu a’lam bis-savob.

                                     55

Ikki o‘tlug‘ nargisingkim qildilar bag‘rim kabob 
Biridur ayni xumor ichinda, biri masti xob.

Tiyg‘ tortib dam ola olmay etishting boshima, 
Go‘yiyo xurshid yanglig‘ yo‘lda ko‘rguzdung shitob.

Ofarinish baski ahvolimg‘a yig‘lar har kecha, 
Ashk daryosi erur gardunu kavkablar hubob.

Tolpinurmen ashk aro har damki tishlar la’lini, 
Kim tengizga tushsa, jon vahmidin aylar iztirob.

Ranju za’fim bo‘lmish andoqkim, so‘ra kelgan ulus 
Holim aylarlar savol, ammo eshitmaslar javob.

Necha tasbihing hisobi, zohido, ich bodakim, 
Senu mendeklarga xud bu korgahda ne hisob?!

Gar karam daryosining mavji budurkim, chog‘ladim, 
Qoni o‘z bo‘ynig‘a kim ishratdin etsa ijtinob.

Ich, Navoiy, mayki, fahm ettuk tabibi ishqdin: 
G‘ussavu g‘am zahrig‘a taryok emish yoquti nob.

Xossa bazmikim quyosh jomin shafaq rohi bila 
Elga tutqay xusravi anjumsipohi Jamjanob.

                                      56

Qoshu ko‘zungni munajjim chunki ko‘rdi beniqob, 
Dedi: ko‘rkim, qavs burjidin tug‘ubtur oftob.

Bir labing jon oldi andoqkim, birisi bilmadi, 
Emdikim bildi, arolarinda bordur shakkarob.

Gar falak qoshing bila bahse hilolidin qilur, 
Bir desa payvasta, jono, eshitur ikki javob.

Gul kibi yuzungda ter fard etti hushumdin meni, 
Garchi behush elga hush uchun muqavviydur gulob.

Kim sirishkim ko‘rdi, ma’lum etti ishqim hosilin, 
Dona birla uylakim el naqdini aylar hisob.

Garchi ishq o‘tida ko‘nglumni o‘qungg‘a shishlading, 
Garm bo‘lmakim, hanuz ne six kuymish, ne kabob.

Ne chamandur buki, hasrat suyiyu dard o‘tidin 
Parvarish topmish qayu bir guldakim bor obu tob.

Gar Navoiyning kuyuk bag‘rida qondur, ne ajab, 
Xomso‘z o‘lur yolin uzra tushub kuygan kabob.

                                     57

Etti hajr ayyomi, qatlimg‘a nedur har dam itob? 
Men xud o‘lgumdur yaqin, ey umr, ko‘p qilma shitob!

Elga mehringdin kuyarmen, menga qahring sahl erur, 
Do‘zax ahlig‘a erur jannatni ko‘rmaklik azob.

O‘lturur chun hajr, beparvolig‘ing ortuqsidur, 
Dard muhlikdur, ne hojat sharbat ichra zahri nob?

Nevchun eldek yo‘q manga mehringki, sarvu gul uza 
Tushsa, xoru xasni ham mahrum qo‘ymas oftob.

Bodpoying yo‘lida xoki tanim gard ayladim, 
Vahki, ul gard-o‘q murodim yuziga bo‘ldi hijob.

Ashk suvidin qading sarvini qildim sarbaland, 
Vahki, ham ul suvdin umidim uyin qilding xarob.

Ul quyosh hajri meni o‘lturgali bas, ey sipehr, 
Sen quyosh tiyg‘in chekib, qilmoq ne hojat iztirob?!

Bu chamanda suv masallik pokravni charxdin 
Ko‘rmadikkim, ko‘ngli sinmay qoldi andoqkim hubob.

Chun Navoiydin uzuldung, bor savob o‘lmak anga, 
Jonidin mahjur o‘lar vallohu a’lam bis-savob.

                                     58

Eyki ruxsoring erur xo‘bu xating ham marg‘ub, 
Xo‘blardin neki bosh ursa, erur beshak xo‘b.

Toki sevdum seni, javringni dog‘i sevmishmen, 
Har ne mahbub qilur, bordurur ul ham mahbub.

Rishtayi jon bila nomang boshini chirmar edim, 
Ul sharar tori bila kuymasa erdi maktub.

Xasta dillarg‘a ne jon olg‘uchi yuzdur ulkim, 
Qolibin qildi tihi ko‘rgach oni ahli qulub.

To labing volihi bo‘ldum, tilamon obi hayot, 
Suvni naylar kishikim, bodag‘a bo‘lg‘ay mag‘lub?
 

6-qism

4-qism


Ma'lumot
2018, 31-Yanvarda yuklangan

89 marta ko'rildi

BADOYI UL-BIDOYA (1-tom)


Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Devonlar Alisher Navoiy Devonlari Alisher Navoiy asarlari