Sahifa yuklanmoqda . . .


BADOYI UL-BIDOYA (1-tom) 4-qism

Bordurur bir qatra suv go‘yoki har paykon anga.

Bir dilovardur ko‘ngulkim g‘am sipohi qalbida, 
Ohi novak toza dog‘idur  qizil qalqon anga.

Novakining parru paykonida rangin tus erur, 
Yoki ko‘nglumdin chu parron o‘tti, yuqmish qon anga.

Nomayi shavqum ne nav’ ul oyg‘a etgay, chunki men 
El otin o‘qur hasaddin yozmadim unvon anga.

Xizr xattingning ajab yo‘q sabzu xurram bo‘lmog‘i, 
Lab-balab chunkim suv berur chashmayi hayvon anga.

Ey xusho mug‘ dayrikim, ziynat bila rif’atda bor 
Mehr anga bir shamsavu ko‘k toqi bir ayvon anga.

Istamish bulbul vafo guldin, magarkim joladin 
Bag‘ri qotmish g‘unchaning baskim erur xandon anga.

Qilmag‘on jonin fido jonong‘a etmas der emish, 
Ey Navoiy, ushbu so‘z birla fido yuz jon anga.

                                     24

Sinsa ko‘nglumda o‘qung surtub isig‘ qondin anga, 
Pay masallik chirmag‘aymen rishtayi jondin anga.

Bodayi la’ling mizoji ruhparvardur base, 
Go‘yiyo mamzuj etibsen obi hayvondin  anga.

O‘ti ko‘nglum shu’lasin gah sokin etti, goh tez, 
Gah o‘tun bo‘ldi, gahi suv urdi paykondin anga.

Dardu g‘am  bo‘stonining tovusidur  ko‘nglum  qushi, 
Gul bo‘lub jismimda kesgan na’l har yondin anga.

Ne kabutar eta olur ul quyoshg‘a, ne nasim,
Ey ko‘ngul, holingni i’lom ayla afg‘ondin anga.

Ko‘zga to kirdi xayoling sovug‘ ohim vahmidin, 
Bog‘lamishmen qo‘ryo har sori mujgondin anga.

Ey Navoiy, yig‘lamoq ohimg‘a taskin bermadi, 
Vah, bu ne o‘tturki, yo‘q ta’sir to‘fondin anga.

                                     25

Chin kiyigi desam ko‘zin, vah nedurur itob anga, 
Chunki qarosi ko‘rguzur har sori mushki nob anga.

La’li labingda ter bo‘lub obi hayot qatrasi, 
Yoki Xizr suyi labing qatra bo‘lub hubob anga.

Yopmadi ko‘zni ashkkim, boqmasun o‘zga yuzga deb, 
Har sori ayn rashkidin yopti g‘aming niqob anga.

Jismim agar kuyar, ko‘ngul tolpinuri ajab emas, 
Kimki uyiga tushsa o‘t, yo‘q ajab, iztirob anga.

Oqmadi xo‘y uzoridin la’lig‘akim, hakimi sun’ 
Ezdi hayot sharbatin, emdi urar gulob anga.

Zulfi xayolidin ko‘ngul har yon etar havo, valek
Saydg‘a ne xalos chun bog‘lig‘ erur tanob anga.

O‘zlukining hijobidin kimki o‘zin xalos etar, 
O‘zga qayonki solsa ko‘z, mumkin emas hijob anga.

Ahli mazallat ohining novakidin sipehr agar 
Qochmadi, muncha bas nedur xam bo‘lubon shitob anga?

Va’dayi vasl etib edi, tushda  ayog‘in o‘pmisham, 
Dema, Navoiy, ul pari aylamasun hisob anga.

                                      26

Ko‘rgali husnungni zoru mubtalo bo‘ldum sanga, 
Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko‘ngul, 
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.

Men qachon dedim, vafo qilg‘il manga, zulm aylading, 
Sen qachon deding, fido bo‘lg‘il fido, bo‘ldum sanga.

Qay pari paykarga dersen telba bo‘ldung bu sifat, 
Ey pari paykar, ne qilsang qil, sanga bo‘ldum, sanga.

Ey ko‘ngul, tarki nasihat ayladim, ovora bo‘l, 
Yuz balo etmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.

Jomi Jam ichra Xizr suyi nasibimdur mudom, 
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.

G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro, 
To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga.

                                   27

Qahring o‘lsa barcha ishimdin malolattur sanga, 
Lutfung o‘lsa yuz meningdekdin farog‘attur sanga.

Ey, meni sargashtadin gah forig‘u gohi malul, 
Qahring ul, lutfung bu, yo rabkim, ne odattur sanga?!

Lutfung ozi jon olur, qahring ko‘pi ham o‘lturur, 
Bul’ajab holedurur, oyo, ne holattur sanga?!

Pand eshitmay sevdung oni, ey ko‘ngul, chek dardu ranj,—
Ozdurur har lahza gar yuz muncha ofattur sanga.

Vahm et ohim o‘tidin, ey gulki, davron bog‘ida 
Ko‘z yoshimdin bu qadar lutfu tarovattur sanga.

Ey  quyosh,  mehr ahlini kuydurma  bu vodiydakim, 
Garmro‘lar ohidin muncha harorattur sanga.

Ey Navoiy, istama vasl ul quyoshdin zarradek, 
Chun necha ul qilsa istig‘no — haqorattur sanga.

                                  28

Iydi ruxsoring ko‘rub, bo‘ldi ulus hayron sanga, 
Ey ulus iydi yuzung, jonim mening qurbon sanga.

Sham’ emas erdin, kavokib charxdin bayram tuni, 
Kim erur er-ko‘k tuman ming ko‘z bilan hayron sanga.

Iydgahda  gard emas, balkim  etishgach maqdaming, 
Qo‘pti erdin sadqa bo‘lmoq istabon maydon sanga.

Xusravi  anjum  degaysen,  sekretur  ko‘k  tavsanin, 
Iydgahda kimki ko‘rsa raxsh ila javlon sanga.

Chatr  shaklidin samoviy  barcha ofat daf’ig‘a 
Tengri aylabtur nasib o‘z hifzidin qalqon sanga.

Notavon jismimg‘a bayramliq bila ber suhbate, 
Kim ko‘ngul ummedvoru muntazirdur jon sanga.

Necha bayramlarda kiygan jandasin faqr ahlining 
Xor ko‘rma, eyki, xil’attur necha alvon sanga.

Iydgoh ahlin dame qilma parishon, ey sipehr, 
Kim erur bu jam’ bir-ikki zamon mehmon sanga.

Ey Navoiy, durri nazming xutbadek topqay sharaf, 
Lutf ila qilsa nazar bayram kuni sulton sanga.

                                          29

Javru zulming garchi o‘lmaklik nishonidur manga, 
Chunki sendindur hayoti jovidonidur manga.

Ul parivash ishqidin, nosih, meni man’ etmakim, 
Telbalik vaqtiyu oshiqlik zamonidur manga.

To o‘qubmen ishq harfin darsu takroru sabaq 
Vomiqu  Farhodu Majnun  dostonidur  manga.

Muztaribmen charx yanglig‘kim, nujumi tiyradin 
Tanda har kun yuz tuman dog‘i nihonidur manga.

Hech ranje zohir o‘lmay men xud o‘ldum, ey tabib, 
Lek bilkim, qasdi jon etgan falonidur manga.

Eyki, dersen ishq aro o‘lmoq ziyondur, umr sud, 
Har ne sudedur sanga, nekim ziyonidur manga.

Ko‘rmisham vojib baqosin ravshan andoqkim quyosh, 
Toki imkon soya yanglig‘ ko‘zda fonidur manga.

Bu fano dayrin baqosiz erkanin to angladim, 
El surudi ishrati Motam fig‘onidur manga.

Ey Navoiy, voizu firdavsi a’lo zikrikim, 
Bog‘i xuld ul huri paykar ostonidur manga.

                                       30

Ul malohat kunji hajrida buzug‘ maskan manga, 
Uyladurkim jondin ayru yuz yarolig‘ tan manga.

Mehr ila mah partavidin ko‘zni ravshan qilmadim, 
Bo‘lg‘ali mehri ruxung mohiyati ravshan manga.

Bo‘ldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin ko‘ngul, 
Jon qushi chiqmoqqa bir yo‘l angla har ravzan manga.

Men o‘larmen g‘amdinu yig‘lab kuyub boshimda sham’, 
Dudidin chirmab haro har tun tutar shevan manga.

Rahm ztib holimg‘a dushman do‘st bo‘lmoq, vah, ne sud, 
Do‘st uchun rahm aylamay bo‘lmishturur dushman manga,

G‘am tuni zulmida xandon bo‘lmadi holimg‘a subh, 
Subhdek, ne tongki, bo‘lg‘ay chok pirohan manga.

Ey Navoiy, ishq mushkil deb nechuk tarkin tutay, 
Eyla gar bu ish hunar bo‘lsa, bo‘lubtur fan manga.

                                    31

Vahki, ishqing zohir etsam vahm erur o‘lmak manga, 
Gar nihon tutsam dog‘i jon xavfidur beshak manga.

Kelgan ermish ul Masih o‘lganlarin tirguzgali, 
Men tirik, vah, yaxshiroq bu umrdin o‘lmak manga.

Juzv-juzvimni, fig‘onkim, munfak etti tiyg‘i hajr, 
Bir-biridin lek o‘zidur juzvi loyanfak manga.

Ko‘nglum o‘tidin yig‘och kuldur, boshoq bir qatra suv, 
Nogah ul sho‘xi jafokash otsa bir novak manga.

Oltun ezib, erib kuygan soyi xolis bo‘lur, 
Ne ajab, sorg‘orsa yuz etgan soyi emgak manga.

Chok aylarmen yaqo ul qoshi yoni ko‘rgach-o‘q,
Kim xadangin otsa hoyil bo‘lmag‘ay ko‘nglak manga.

Boda hajridin oqarmish ko‘zlarim, ei piri dayr, 
Aylagil may shishasidin sindurub aynak manga.

Sarsari hijron, vujudum xirmanin andoq sovur, 
Kim fano yo‘lida sarsar bo‘lmasun hamtak manga.

Ey Navoiy, gar manga ko‘prak emas ummedi vasl,

Bas nag‘o‘ ushshoqdin javri erur ko‘prak manga,

                                   32

Agarchi yo‘q talabingdin dame qaror manga, 
Irodat emgagidur bu, ne ixtiyor manga?!

Visol davlatin ul kun o‘zumga jazm ettim, 
Ki hajr g‘ussasin etti havola yor manga.

Chu yor ko‘nglida bo‘lsa, balo manga yovumas, 
Bu vajh ilaki, temurdin bo‘lur hisor manga.

Ne bilsun ul kishikim, chekmamish firoq tuni, 
Ki ne sifat kechadur tiyra ro‘zgor manga.

Qochib adamg‘a boray-aqlu fahmu donishdin, 
Vatan borinda bu yot el aro ne bor manga?!

Buyurmag‘in yana sabr, ey tabib, tengri uchun, 
Ki ushbu sharbat emas emdi sazovor manga.

Navoiydek qadidin qilsam o‘lgali ohang, 
Biyik maqom topibon yasang mazor manga.

                                             33

Lablaringdin garchi qon yutmoq damo-damdur manga, 
Gar dame jomi visoling yiqsa, ne g‘amdur manga?

Pand eshitmay, ko‘rub oni, yuz balog‘a uchradim, 
Ko‘zlarim chiqsunki, yuz muncha sazo kamdur manga!

Qofi shavqum sharhini tahrir qildim, vah, ie sud, 
Kim  anga irsol uchun simurg‘ mahramdur manga.

Yor  mundoqkim nihondur ko‘zdinu men telbamen, 
Kim degaykim, fitna bo‘lg‘on nasli Odamdur manga.

Qora  chirmab yosh to‘kub, afg‘on qilurmen xomadek, 
Etgali nolon ko‘ngul  bu nav’  motamdur  manga.

O‘zga yuzga boqma deb, har bir ko‘zumga bosti muhr, 
Iynak-iynak har qaro bir naqshi xotamdur manga.
 
Dahr aro tushgan havodis o‘tidin moni’ emas, 

Ko‘z yoshimdin garchi ko‘z tushguncha bir namdur manga

Soqiyo, jomi jahonbin tutki, andin kashf etay, 
Kim ko‘p ish bu korgah vaz’ida mubhamdur manga.

Dilbari ollida Majnun naqdi jon sarf etmadi, 
Ey Navoiy, ishq atvori musallamdur manga.

                                        34

To seningdek qotili xunxorae bordur manga, 
Billah, ar o‘lmakdin o‘zga chorae bordur manga?

No‘shi jon har bodakim ahbob ila no‘sh aylading, 
Garchi hargiz demading ovorae bordur manga.

Vasling iqboliyu men, hayhot, basdur bu sharaf,
Kim yiroqdin davlati nazzorae bordur manga.

Deb emish har kimda bor zaxme, otay marham bir o‘q, 
Shukr erurkim, har sari mo‘ yorae bordur manga.

Bordi ul xurshidu ashkim oqti, vah, toli’ ko‘rung, 
Kim ne yanglig‘ axtari sayyorae bordur manga.

Sabr soldim ko‘ngluma vasling tilab, vah, bot kelib, 
Turfa ko‘rkim, shisha ichra xorae bordur manga.

Dema ko‘p, ey nafskim, dunyo arusin aqd qil, 
Uyda ba’zidek sog‘in makkorae bordur manga.

Dev urub ishqi majoziy ichra majnun aylagan, 
Yova der, bukim pari ruxsorae bordur manga.

Ey Navoiy, kuymagimni qilmag‘aysan man’, agar 
Jon aro bilsang ne otashporae bordur manga.

                             35

Labing sori tokim nazardur manga, 
Yosh o‘rnida xuni jigardur manga.

Dema, mendin ayril, dog‘i umr sur, 
Ki ul umr o‘lumdin batardur manga.

Tuganlar diram shaklidur zod uchun, 

Adam sori chunkim safardur manga.

Qilur ayb oshiqlig‘im barcha xalq, 
Ulus aybi, vahkim, hunardur manga.

Tabibo, yana sabrdin dema so‘z,
Ki bu sharbatingdin zarardur manga.

Dema, mayni tark etki, soqiy yuzi 
Bu ko‘zgu aro jilvagardur manga.

Chuchukdur qamish o‘qlaring jonima, 
Bu nay ichra go‘yo shakardur manga.

Navoiy, ul oy hajrida tunu kun 
Qotiq shomu tiyra sahardur manga.

                                 36

Shahr bir oy furqatidin baytul-ahzandur manga, 
Bir guli ra’no g‘amidin bog‘ zindondur manga.

Bazmi ishrat ichra siz may no‘sh eting, ey do‘stlar, 
Kim nasib ul la’li lab hijronidin qondur manga.

Chiqti aqlu fahm ila sabru ko‘ngul tan mulkidin, 
Chiqmayin har lahza zahmat berguchi jondur manga.

O‘qi baskim tandadur, tegmas tanimg‘a o‘zga o‘q, 
Ulki o‘q deb nola qildim, emdi qalqondur manga.

Uyla rasvomenki, ko‘yu ko‘chada holim ko‘rub 
Ba’zi el giryonu ba’zi xalq xandondur manga.

Hajridin bag‘rim suvdur, ul suv aro bolig‘ kibi 
Dardu mehnat o‘qidin bir necha paykondur manga.

Hur mujgonin agar surtay desa qilmon qabul, 
Kim  ayoqda orzu xori mug‘ilondur manga.

May ichib toatni favt etmangki, ul o‘t tobidin 
Necha boqsam bahra holo dog‘i hirmondur manga.

Ey Navoiy, xalq der: jon ber, vayo kech ishqidin, 
Garchi bu dushvor erur, lekin ul osondur manga.

                                   37

Menmudurmenkim sening vasling muyassardur manga, 
Baxti gumrahdin qachon bu qissa bovardur manga.

Haq tonuqturkim, tiriklikdin manga sensen murod, 
Yo‘qsa olamning yo‘qi-bori barobardur manga.

Ey ko‘ngul, g‘avvosi bahri vasl o‘lubmen, ne ajab, 
Kim nasib emdi o‘shul  pokiza gavhardur manga.

Ne uchun bazmi visol ichinda ichmay bodakim, 
Ko‘ziyu og‘zi bukun bodomu shakkardur manga.

Oyu xurshidingni yig‘ ey charxi gardunkim, bu dam 
Hamdam ul oy chehralig‘ xurshid paykardur manga.

Sarvni o‘rtab, sumanni elga ber, ey bog‘bon,
Kim bukun hamsuhbat ul sarvi sumanbardur manga.

Qo‘rqaram hirmon sahobin yopmag‘ay fahm ztsa charx, 
Kim shabiston mehr yam’idin munavvardur manga.

 

Ey Navoiy, hech bilmonkim topibmen vaslini,
Yo magarkim jumlayi olam musaxxardur manga?

                                        38

Ko‘zlarimda ishqdin suv erdi uyqu o‘rnida, 
Turfa ko‘rkim, hajrdin qon bo‘ldi ul su o‘rnida.

Kimgakim kirpik o‘qin yog‘dursa ul gul, rashkdin 
Jismim ichra bir tikandur har sari mo‘ o‘rnida.

G‘ayr naqshidin qilibmen pok ko‘nglum safhasin, 
Tut ul oy ollida, ey mashshota, ko‘zgu o‘rnida.

Shaxsuvorimning ayog‘in o‘pkali rozidurur 
Oy bila kun har birisi bir tepingu o‘rnida.

Iztirob etsa qoshing ko‘rgach, ne tong, shaydo ko‘ngul 
Telba kim ko‘rdi yangi oy o‘ltururmu o‘rnida?

Dahr bo‘stoni aro barqu bulutdin anglakim, 
Yig‘lamoq yuz qatladur bir qatla kulgu o‘rnida.

Ey Navoiy, dersen ul qomatni ko‘nglungdin chiqar, 
Ne nihol o‘lturtayin ul sarvi diljo‘ o‘rnida?!
 
                                     39

Behi rangidek o‘lmish dardi hajringdin manga siymo, 
Dimog‘im ichra har bir tuxmi yanglig‘ donayi savdo.

Mazallat tufrog‘i sorig‘ yuzumda bordur andoqkim, 
Behida gard o‘lturg‘on  masallik tuk bo‘lur paydo.

Oqartib ishq boshimni, nihon bo‘ldi sarig‘ chehram, 
Momug‘ ichra behini chirmag‘on yanglig‘ kishi umdo.

Yuzumda tiyg‘i hajring zaxmi har sori erur bevajh, 
Behini tiyg‘ ila chun qat’ qilmoq rasm emas qat’o.

Yuzum tufrog‘dadur har dam qurug‘on jism ranjidin, 
Behiga sarnigunluk shoxi za’fidin bo‘lur go‘yo.

Bu gulshan ichra behbud istagan doim behi yanglig‘ 
Kiyib pashminayi toat qadin ham asramoq avlo.

Navoiy gar quyosh noranjidin behrak ko‘rar, tong yo‘q 
Behikim lutf qilmish mahdi ul’yo ismatud-dunyo.

                                    40

Yor aksi chunki aylar jilva may ko‘zgusida, 
May icharmenkim, yuzi bo‘lg‘ay yuzum o‘trusida.

Ul sabohat birlakim kuldung, manga mehr o‘ldi fahm, 
Mehr fahm o‘lmoq, tong ermas, subhning kulgusida.

Uylakim xayli hubob ichra tushar xas, bormen 
Ashk aro sargashta ul sultoni husn o‘rdusida.

Urdi olam buzg‘ali bir-birga kirpik saflarin, 
Fitnalar bedor qilmoq, ko‘r, ul oy uyqusida.

Ne xato qilg‘ay ko‘ngullarga ko‘zung mujgon o‘qin 
Har qayon chun boqsa, saydedur aning qobusida.

Navbahori dahrg‘a qo‘ymang ko‘ngulkim, yo‘q vafo 
Ne guli bo‘stonida, ne lolayi xudro‘sida.
 

5-qism

3-qism


Ma'lumot
2018, 31-Yanvarda yuklangan

86 marta ko'rildi

BADOYI UL-BIDOYA (1-tom)


Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Devonlar Alisher Navoiy Devonlari Alisher Navoiy asarlari