Sahifa yuklanmoqda . . .


BADOYI UL-BIDOYA (1-tom) 3-qism

Qum emas Bathodakim, mehri jamoling hajridin 
Zarra-zarra jismi bir-birdin to‘kuldi g‘am aro.

Yo‘l emas, Yasribda yirtibtur yuzin tirnog‘ ila 
Maqdaming to etmadi ul vodiyi xurram  aro.

Itlaring maxsusu mahzundur  Navoiy, koshki, 
Kirsa bu mahrum ham ul zumrayi mahram aro.

                                      7

Zihi javlongahing aflok uza maydoni «av adno», 
Buroqingg‘a to‘quz gunbaz bu to‘qquz gunbazi xazro.

Qilib chun xay gulobe mil na’layning, bo‘lub ondin 
Malak ra’nolarining jabhasig‘a charxi sandalso.

Esib rahmat nasimi chun damodam sunbulung sori, 
Bo‘lub ruhonilar jaybi labolab anbari soro.

Malak qolib  buroqingdin, emas vasfi falak sur’at, 
Qamar yorub jamolingdin, emas na’ting qamar siymo.

Yuzungdin anjum, anjumdin quyosh nur iktisob aylab, 
Aningdekkim quyoshdin oyu oydin qiyrgun g‘abro.

Falak vodiylari qatьig‘a azming chun surub markab, 
Xirad paykiga ham avval qadamda ranj o‘lub paydo.

Rafiqing toyir andoqkim Sulaymon ollida hudhud, 
Buroqing soyir anjum shohi ostida sariroso.

Qilib bu sayr aro ma’shuq vasli ko‘yida manzil, 
Tilab sargashta ushshoqig‘a ham rahmat evin ma’vo.

Navoiy xush ko‘rar olamni oning yodidin, yo‘qsa 
Anga xoshok aro o‘tdekdurur dunyovu mofiho.

                                    8

Zihi hiloling o‘lub oy boshig‘a tiyg‘i balo, 
Bir olma san ikki yorg‘on senu quyosh maslo.

Tutub sanga chu mayi lutf soqiyi rahmat, 
Shafoating urub ikki jahon eliga salo.

Risolating damidin shar’ ko‘zgusida jilo,
Siyosating o‘tidin kufr rohibig‘a jalo.

Ham ahli ravzag‘a firdavs sensizin chahi vayl, 
Ham ahli vayl ishi hajring o‘tida vovaylo.

Xumor dofi’i bo‘lg‘aymu, soqiyi kavsar,
Bu dayr ichiada mayi ishqing ichmaganga to‘lo.

Tilimda zikringu ko‘nglumda xayolingdur, shukr, 
Ki bori sensiz emas suhbatim xalovu malo.

Navoiy o‘ldi base xoru past xas yanglig‘, 
Sening yo‘lungda esa bas anga bu izzu alo.

                                 9


Har gadokim, bo‘ryoyi faqr erur kisvat anga, 
Saltanat zarbaftidin hojat emas xil’at anga.

Kim fano tufrog‘ig‘a yotib qo‘yar tosh uzra bosh, 
Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga.

Shah yurub olam ochar, darvesh olamdin qochar; 
Ham o‘zung insof bergilkim, bu ne nisbat anga?!

Har ne shah maqsudidur — darveshning mardudidur 
Ko‘r nedur himmat munga, ne nav’ erur holat anga.

Faqr ko‘yi tufrog‘in shah mulkiga bermas faqir, 
Mulk, ko‘rkim, teng emas tufrog‘ ila qiymat anga.

Shah sipah cheksa, faqir ahvolig‘a etmas futur, 
Bu vale chekkach nafas, barbod o‘lur hashmat anga.

Shoh emastur  bir nafas osuda do‘zax vahmidin, 
Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga.

Shahg‘a sidq ahli damidin mash’ali davlat yorur, 
Mehrdekkim, subh anfosi ochar tal’at anga.

Shohg‘a shahlig‘ musallamdur,  agar  bo‘lg‘ay mudom 
Shohg‘a tarkin qilib, darvesh o‘lur niyat anga.

Mumkin ermas shahlar ichra buyla niyatlig‘, magar 

Shohi G‘oziykim, muyassar bo‘ldi bu davlat anga.

Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, bor 
Shohlig‘ surat anga, darveshlik siyrat anga.

To shahu darvesh bo‘lg‘ay, aylagil, yo rab, ayon 
Shohdin xizmat anga, darveshdin himmat anga.

Gar  Navoiy so‘z uzatti, faqrdin ermas demang, 
Bo‘lmag‘uncha hukm shahdin, qayda bu jur’at anga? 

                                    10

Falak nilufaridin chashmayi mehr o‘ldi gar paydo, 
Yuzungda nildin ul chashma qilmish nilufar paydo.

O‘qung ko‘nglumga etgach, qatra qonlar tomdi, kim ko‘rmish 
Nihol andoqki oni tekkach o‘q, bo‘lg‘ay samar paydo.

Achig‘ so‘z birla bel qatlimg‘a bog‘lar, turfaroq, bukim, 
Nazarg‘a ne og‘iz zohirdur andin, ne kamar paydo.

Labi shavqi ichimda, yuzda qon yoshim, ajab ermas. 
Yuzida la’l yutqonning bo‘lur derlar asar paydo.

Ko‘ngulni to parishon aylading, yuz barqi g‘am sochti, 
Nechakim o‘tni qo‘zg‘arlar, bo‘lur andin sharar paydo.

Yorutti vasl sham’i ahli hijron tiyra avqotin, 
Mening shomimg‘a, vahkim, qilmadi davron sahar paydo.

Ajal qasrin hakimi sun’ bas mushkil tilsim etmish, 
Ki har kim anda kirdi, bo‘lmadi andin xabar paydo.

Masihodin dam urmangkim, habibim gardig‘a etmas, 
Agar Jibrildek ilkidin oning bo‘lsa par paydo.

Navoiy ishqin, ey zohid, sening panding ayon qildi, 
Bale, ayb o‘lmag‘uncha oshkor, o‘lmas hunar paydo.

                                        11

Manga ne manzilu ma’vo ayon, ne xonumon paydo,
Ne jonimdin asar zohir, ne ko‘nglumdin nishon paydo.

Xirad maxfiy, badan foniy, ko‘ngul g‘oyib, tarab ma’dum, 
Bori sahl erdi, bo‘lsa erdi ul nomehribon paydo.

Shikebu aqlu hush itmish, qaroru sabru jon ketmish, 
Ne g‘am, gar bo‘lsa ul oromi ruhu quti jon paydo.

Xayoli jonda paydodur, so‘zi afg‘onda paydodur,
O‘zi ham vah, netay, ollimda bo‘lsa bir zamon paydo.

O‘lar holatdamen onsiz, tarabdin o‘lmayin ko‘rmay, 
Demang, ta’jil ila ul umr bo‘lsa nogahon paydo.

Qiyomat erdi ul mahkim, yuz ochti, ey musulmonlar, 
Bo‘lung voqifki, bo‘ldi fitnayi oxir zamon paydo.

Kesar yuz sarvni har dam, qilur yuz naxlni xurram, 
Taajjub, ko‘rki, bu gulshanda ermas bog‘bon paydo.

Hazar qilmoq qazo jallodidin bo‘lmaski, yillardur 
Qilur qatl, uylakim, ne tiyg‘ erur zohir, ne qon paydo.

Sanga jon shavqidin berdi Navoiy, yo‘q ajaldinkim, 
Ajal topquncha ermas ul zaifu notavon paydo.

                                    12

Ham ramad tekkan ko‘zungga jismi  bemorim fido, 
Ham uchuq chiqqan labingg‘a joni afgorim fido.

Ashkkim, andin tomar giryon ko‘z oning sadqasi, 
Qong‘akim mundin chiqar, bu chashmi xunborim fido.

Ul ko‘zu bu labg‘a umrum bog‘u gulzorindag‘i 
Nargisu gulbargi yo‘qkim, bog‘u gulzorim fido.

Ko‘zu og‘zingdin ketarga boru yo‘q oshubu ranj, 
Sabru, ishqim sadqa, ya’nikim yo‘qu borim fido.

Gar ko‘ngul ohu ko‘zung ollinda loyiq bo‘lmasa, 
Itlaringga  bo‘lsun, ey sho‘xi sitamkorim, fido.

Jon agar  shirin labingg‘a o‘lgali darxo‘r emas, 
Ayla alfozing uchun, ey talxguftorim, fido.

Uzlugumnung qaydidin bir may bila qilding xalos, 
Vah, ne dey, ey mug‘, sanga but birla zunnorim fido.

Boda mir’otida shohid aksi zohir bo‘lmadi, 
Bodavu shohidg‘a bo‘lmay naqdi pindorim fido.

Ey Navoiy, demakim jonu ko‘ngulni naylading, 
Ayladim javlon qilib chiqqanda dildorim fido.

                                    13

Nuqtayi mushkdur bu yo xoli aning jabin aro, 
Kufr savodini ne xush sizdi bayozi din aro.

Xotami la’l og‘zidur, lek hadisi jon olur, 
Zahr nihon qilibdurur la’li magar nigin aro?

Sajdadadur yuzum, vale jon aro ul sanam g‘ami, 
Bo‘ynuma subhadur, vale butdurur ostin aro.

Jon ko‘ngul necha dedi: asrali o‘zni, kelgach ul, 
Vah, yana qo‘zg‘alishtilar ko‘rgach oni ichin aro.

La’li hadisida demangkim sifat uyla kirpigin, 
Og‘zima chunki sanchilur nesh bu angubin aro.

Aqlu havos erur adam, jonu ko‘ngulga yo‘q vujud, 
Tafriqa tushgali menu ul butn nozanin aro.

Esti magar xazon elikim, xam o‘lub vido’ uchun 
Voqe’ayi firoq erur sunbulu yosamin aro.

Bu chaman ichra har gulekim ochilur, fig‘onki, bor 
Hodisa tifli muntazir uzmak uchun kamin aro.

Belingu inju tishlaring hasratida Navoiyning 
Jismiyu ashki bordurur rishta duri samin aro.

                                     14

Ey, alifdek qomating mili buzulg‘on jon aro, 
Ganji husnung javhari bu xotiri vayron aro.

Kulmaging ichra malohat uyladurkim, sho‘xlar 
O‘ynamoqdin yuz yoshururlar guli xandon aro.

Gar kalomingni Masih anfosi dedim, ey habib,
Ayb qilmakim, g‘alat gohi tushar Qur’on aro.

O‘qlaringdin jon toparmen, go‘yiyo paykonlari 
Suv icharda g‘o‘ta topmish chashmayi hayvon aro.

Xasta ko‘nglum ohi ko‘nglungga dedi qilg‘ay asar, 
Qayda o‘ltursun vale bemor o‘qi sandon aro?

Boshta gavhar go‘yining fikridin ortar dardi sar, 
Kimki kechti boshidin, go‘y urdi bu maydon aro.

Uyki, o‘ynab tebratur sokinga xotir jam’ emas, 
Ne ajab, gar amn yo‘qtur gunbazi gardon aro.

La’ling olg‘an ko‘nglum ahvolin munajjim chun ko‘rar, 
Aytur ul ovvora bo‘lg‘on g‘oyibingdur qon aro.

Ey Navoiy, ishq dardi ko‘rgan el ko‘nglin buzar, 
Har xaroshekim unung zohir qilur afg‘on aro.

                                      15

Mehnat o‘qidin qabaqdek qolmisham afg‘on aro, 
Kim bugun chobuksuvorim yo‘qturur maydon aro.

Tiyralikdin ko‘r etibtur ko‘zlarim har kungi gard 
Kim, bor erdi to‘tiyo bu diydayi giryon aro.

Senki bu maydonda yo‘qsen, paykaredur joni yo‘q, 
Har pari paykarki markab sekretur javlon aro.

Garchi har sho‘xe surar maydong‘a o‘q yanglig‘ samand,. 
Chun sening raxshing emas, billah, o‘qidur jon aro.

Ter oqizg‘an ablaqingdekdur seni kelgaymu deb, 
Har sari tushgan ko‘zum yuz ming duri g‘alton aro.

Onsiz urmish halqa chobuklar, ne yanglig‘ itmayin, 
Kim ko‘runmas zarra, xurshid o‘lmasa davron aro.

Mehrdek kel tavsani gardunga mingilkim, sipehr 
Past etarda farq yo‘q xurshid ila Kayvon aro.

Kel quyosh zangin falakraftorlig‘ raxshingg‘a os, 

Kim to‘zar ul zang navhang nag‘masin afg‘on aro.

Ey Navoiy, ket bu maydondinki ul hur o‘lmasa, 
Billah, o‘lsam turmag‘aymen ravzayi rizvon aro.

                                     16

Kimki ko‘rsa mushki nob ul sunbuli serob aro, 
Bir qaro tufrog‘ degaykim tushti mushki nob aro.

Qoshing ichra  rishtayi  jonimg‘a  chirmang‘on  ko‘ngul 
Ankabutedurki, aylabtur vatan mehrob aro.

Ul quyoshdin ayru ashkim yomg‘urining barqidur 
O‘t tutashqan rishta yanglig‘ jismi pechu tob aro.

Ul labi unnobgun ko‘nglumda ekkan tuxmi mehr 
Ko‘nglum ichra  yoshurun durdonadek unnob aro.

Uyqu saydi qasdig‘a otqon toshingdindur nishon, 
Ko‘z qarosi demagil bu diydayi bexob aro.

Charxi doir bahridin el tutmasun sohil umid, 
Kim qutulmas har kishikim, tushti ul girdob aro.

Gar Navoiy yodini qilmoq habib imkon emas, 
Basdudur mazkur ham bo‘lsa gahi ahbob aro.

                                 17

Vahki, rasvomen yana devonavu oqil aro, 
Bul’ajab holim erur afsona har mahfil aro.

Muztar erdim hajridin, yor etgan ermish tarki mehr, 
Mushkuledur ishqdin har dam manga mushkil aro.

Aqlu sabru hush itib, ko‘nglumda qoldi dog‘lar, 
Korvon ko‘chsa qolur o‘tlar eri manzil aro.

O‘qlaring  mujgon  kibi giryon ko‘zum  atrofida,— 
Rost bordur ul qamishliqkim bo‘lur sohil aro.

Kirpiging tushgan ko‘ngul ichra xayoling, ey pari, 
Go‘yiyo Yusuf nuzul etmish chahi Bobil aro.

Qullug‘ung dog‘idin o‘lsam, istamon ozodlik, 

Kim bu tamg‘odur nishone mudbiru muqbil aro.

Ko‘yung-o‘q istar Navoiy, nasya jannat ahli zuhd, 
Muncha-o‘q bo‘lg‘ay tafovut olimu johil aro. 

                                    18

Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamas Jayhun aro, 
Axtari sa’de hilol ichra kezar gardun aro.

Anglamon Jayhunda ul oy kema birla sayr etar 
Yo hilolu mehr aksin el ko‘rar Jayhun aro.

Kemadin har dam chiqib rangin suv ko‘zum qonidek, 
Anda yor andoqki mardum diydayi purxun aro.

Borg‘il, ey Majnunkim, ul oy zavraqidek tez emas 
Jo‘ngkim Layli  amoriysin chekar homun  aro.

Olma xum girdobidin bir lahza sog‘ar zavraqni, 
Bahri g‘amdin istasang maxlas bu dahri dun aro.

Bahr mavjidin mushavvash bo‘lmasun deb xotiring, 
Mavj urar yuz bahri g‘am bu xotiri mahzun aro.

Dur  bo‘lur bahr  ichra pinhon, nazmidin shah madhida 
Bahr yoshurmish Navoiy har duri maknun aro.

                                     19

Ey, alifdek rost qadding hasrati jonlar aro, 
Jism ichinda jon kibi sen barcha sultonlar aro.

Qushg‘a o‘xsharkim, tikandur oshyoni, to ko‘ngul 
Tiyrboroni  g‘amingdin  qoldi  paykonlar  aro.

G‘am topar hajringda  ashkim ichra ko‘nglum porasin, 
Ish kuni topqan kibi el g‘oyibin qonlar aro.

Chok ko‘nglum xo‘blar  ko‘ngli aro topti shikast, 
Vah, butun qolg‘aymu yoruq shisha sandonlar aro?

Dog‘lar ichra aliflar zor jismim mulkida 
G‘am sipohig‘a, qilichlar bo‘ldi qolg‘onlar aro.

Elga ko‘yungdur makon, men qulni qavmog‘liq nedur,

Bulbul o‘lsa, zog‘ ham bo‘lur gulistonlar aro.

Ista yirtuq janda kiyganlarda ma’ni maxzanin, 
Kim bu yanglig‘ ganj o‘lur ul nav’ vayronlar aro.

Atlasu zarbaft aro nodon aningdek hajv erur, 
Kim xatoye safhada sabt o‘ldi afshonlar aro.

Bu eshikni chun tilab keldi Navoiy tengridin, 
Ul sababdin go‘yiyokim qoldi darbonlar aro.

                                 20

Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro, 
Magarki mo‘rcha nisfi uzuldi shakkar aro.

Ko‘ngulda nuqtayi xoling xayoli to‘sh-to‘shdin 
Yog‘in asarlaridur nuqta-nuqta  axgar  aro.

Yuzungda qatrayi xay kasrati arosida xol, 
Birisi munxasif o‘lmish bu xayli axtar aro.

Kecha ne nav’ yumay kirpiging xayolida ko‘z, 
Mangaki, igna butar tongg‘a tegru bistar aro.

Bu o‘tki mendadurur, do‘zax ichra qochqay xalq, 
Kiyursalar meni oshub birla mahshar aro.

Qadah keturki, falak javridin amon hirzi, 
Zamona yozmadi juz davri jomu sog‘ar aro.

Navoiy, ayla makon charx gulshanin, ya’ni 
Ki chug‘z bo‘lma bu vayronayi muhaqqar aro.

                                   21

Ming zaxm urdi xanjari ishqing bu tan aro, 
Bu tanni hajr tashladi yuz ming tikan aro.

Lek ul tikanlar uzra xayoling bila ko‘ngul 
O‘ynar magar gul uzravu ag‘nar suman aro.

Jism uyidin ko‘ngul tilar ul  ko‘yni, valek 
G‘urbat suubatin kishi bilmas vatan aro.

Ermas uchuq labingdaki, ul yuz Suhaylidin 

Rang olmadi bu qatra aqiqi Yaman aro.

Jonim labing shahidi ekanga tonuq durur, 
Har ol rishta qong‘a bo‘yalg‘on kafan aro.

Bulbul ne kuymasunki, bir o‘t yoqti qasdig‘a 
Har otashin gul ushbu vafosiz chaman aro.

Ko‘rdung, Navoiy, ul sari zulf uzra yuz shikan, 
Ko‘r emdi, yuz shikasta ko‘ngul har shikan aro.

                                   22

Necha ko‘nglum yora bo‘lsa, rahm qilmas yor anga, 
Necha bag‘rim to‘lsa qon, boqmas dame dildor anga.

Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh, 
Kim, yiqilib sonchilibtur har tarafdin xor anga.

Nomam eltur qush agar mazmunin eltib qilsa sharh, 
Sochqay o‘t qaqnus kibi ming chok o‘lub minqor anga.

La’ling ollida chekar el jonini olg‘ach ko‘zung,
Vah, ne sharbatdur labingkim, jon berur bemor anga.

Aql evi sori inonin boshlamoq, nosih, ne sud, 
Telbakim, dasht uzra markabdur buzuq devor anga.

Tortasen isyon yukin, xam qil qading toatg‘akim, 
Yuk og‘ir bo‘lsa, ruku’ ul dam bo‘lur nochor anga.

Umr g‘aflat uyqusi birla tilarsen, kecha, oh, 
Ko‘z yumub-ochquncha kimning i’timodi bor anga?

Men xud o‘ldum, ey sabo, ko‘nglumni ko‘rsang ko‘yida, 
Chiqma andin, deb nasihat qilg‘asen zinhor anga.

Zor jismim tushgali hajr o‘tidin g‘am changiga, 
Ey Navoiy, o‘xshashur ham ud anga, ham tor anga.

                                   23

Ul parivashkim, bo‘lubmen zoru sargardon anga, 
Ishqidin olam manga hayronu men hayron anga.

O‘qlaringdin har zamon taskin topar ko‘nglum o‘ti, 
 

4-qism

2-qism


Ma'lumot
2018, 31-Yanvarda yuklangan

125 marta ko'rildi

BADOYI UL-BIDOYA (1-tom)


Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Devonlar Alisher Navoiy Devonlari Alisher Navoiy asarlari