Sahifa yuklanmoqda . . .


BADOYI UL-BIDOYA (1-tom) 2-qism

Ne balo ajzu notavonliqdur?

Ranj ko‘rmay kishi toparmu farog‘?! 
Ko‘ngli o‘rtanmayin yonarmu charog‘?!

Tuxm erga kirib chechak bo‘ldi, 
Qurt jondin kechib ipak bo‘ldi.

Lola tuxmicha g‘ayrating yo‘qmu?! 
Pilla qurticha himmating  yo‘qmu?!

Aylasang ham shuru’u jon cheksang, 
Sa’yda yuz piyola qon cheksang.

Senmu bergungdurur anga tazyin? 
Balki shah sa’yi etgusi tadvin».

Chun xiraddin etishti buyla navid, 
Manga bo‘ldi o‘zumdin o‘zga umid.

Tengri tavfiqin iddio aylab, 
Shah janobig‘a iltijo aylab,

Hukm mazmunig‘a qalam chektim, 
Safha tartibig‘a raqam chektim.

Arzimas gar yig‘arg‘a ul xoshok,
Chun bu durlar nihondur anda, ne bok?

Garchi bas tiyraro‘dur ul zulumot, 
G‘am emas, chun bor anda obi hayot.

Bu devon, inshoolloh, bu zobita bilakim mazkur bo‘lur, murattab bo‘lg‘ay va bu robita bilakim mastur bo‘lur, ihyo topqay. Necha nav’ ishkim, munda mar’iy bo‘lubturur, o‘zga davovinda ko‘rulmaydurur. Avval budurkim, har kishikim devon tartib qilibdurur, o‘ttiz ikki harfdinki, xaloyiq iboratida voqi’durur va ulus kitobatida shoyi’, to‘rt harfg‘a taarruz qilmaydururlar. Chun so‘z arusi nazm haririning matbu’ kisvatin va mavzun xil’atin kiyib, jilva og‘oz qilsa, huqqayi yoquti dog‘i o‘ttuz ikkita gavhardin qachonkim to‘rtig‘a nuqson voqi’ bo‘lsa, muqarrardurkim, jamolig‘a andin qusur va  kalomig‘a andin futur voqi’ bo‘lg‘usidurur.

Sho‘xeki, o‘kush husnu jamol o‘lg‘ay anga, 

Bir husn yana husni maqol o‘lg‘ay anga.

La’li aro durlarida gar bo‘lsa qusur, 
So‘z derda kerakkim, infiol o‘lg‘ay anga,

Bu jihatdin ul to‘rt harf gavharlarin dog‘i o‘zga huruf javohiri silkiga tortib, g‘azaliyotni o‘ttuz ikki harf tartibi bila murattab qilindi.
Yana bukim, har harf g‘azaliyotining avval bitigan g‘azal bila o‘zga g‘azallar orasida uslub xaysiyatidin tafovut rioyat qilmaydururlar. Muqarrardurkim, har amrda bir lahza haq subhonahu va taolo hamdidin yo rasul alayhis-salom na’tidin, yo bu ikki ishga dalolat qilurdek bir amrdin g‘ofil bo‘lmamog‘liq avlodurur. Agar lahzae bu saodat muyassar bo‘lmasa, har mutaayyin amr iftigohida xud ne nav’ tag‘oful va takosul ravo ko‘rulgay:

Garchi erur tengri taolo so‘zi 
Boshtin-ayog‘ig‘a kalomi qadim.

Ko‘rki, erur avvali har suraning 
«Bismillohir-rahmonir-rahim».

Bu ishga hadis  ham erur shohidi hol, 
Kim  sobit  erurki kulli  amrin  zi  bol.
    
Ham  buyla  ayon qildi xudoyi mutaol, 
Ham ulcha  rasul dedi, bordur anga dol.

Bu nav’ xayole xotirg‘a kelgan uchun har harf g‘azaliyotining avvalg‘i g‘azalini yo tangri taolo hamdi bila muvashshah, yo rasul alayhis-salom na’ti bila mufattah, yo bir mav’iza bilakim, bu ikki ishdin biriga dol bo‘lg‘ay, muvazzah qilindi.
Yana bir bukim, go‘yiyo ba’zi el ash’or tahsilidin va devon takmilidin g‘araz majoziy husnu jamol tavsifi va maqsud zohiriy xattu xol ta’rifidin o‘zga nima anglamaydururlar. Devon topilg‘aykim, anda ma’rifatomiz bir g‘azal topilmag‘ay va g‘azal bo‘lg‘aykim, anda mav’izatangiz bir bayt bo‘lmag‘ay. Mundoq devon bitilsa, xud asru behuda zahmax va zoyi’ mashaqqat tortilg‘on bo‘lgay. Ul jihatdin bu devonda hamdu na’t va mav’izadin boshqa har sho‘rangiz g‘azaldinkim, istimo’i mahvashlarg‘a mujibi sarkashlik va g‘amkashlarg‘a boisi mushavvashliq bo‘lg‘ay, biror-ikkiror nasihatoro va mav’izatoso bayt irtikob qilindikim, alarning lam’ayi ruxsori iffat burqa’idin ko‘p tashqari lomi’ bo‘lmag‘ay, to bularning vujudi xirmani ul barq ixroqidin bilqul zoyi’ bo‘lmag‘ay, yo‘qkim, bu g‘azallar g‘azolalari jilvagarlik soz, balki pardadarlik og‘oz qilsalar, bu baytlarning nasihatsoz  vo’izlari  va  mav’izapardoz  nosihlari  moni’  bo‘lg‘aylar.

Ya’ni ul gulchehralar noz etsalar, 
Aqlu din yag‘mosin og‘oz etsalar.

Ishvagarlik qilsalar g‘ammoz o‘lub, 
Pardadarlik etsalar tannoz o‘lub.

Lam’ayi orazlaridin har nafas, 
Qilsalar olamni kuydurmak havas.

Bu nasoyih ahli hikmatlar bila, 
Yuz tuman pandu nasihatlar bila,

Moni’ o‘lg‘aylar alarg‘a har zamon, 
To zamon ul fitnadin topqay omon.

Yana bukim, soyir davovinda rasmiy g‘azal uslubidinkim, shoyi’durur, tajovuz qilib, maxsus nav’larda so‘z arusining jilvasig‘a namoyish va jamolig‘a oroyish bermaydururlar. Ba agar ahyonan matla’e maxsus nav’da voqi’ bo‘lg‘on bo‘lsa, hamul matla’ uslubi bila itmom xil’atin va anjom kisvatin kiydurmaydururlar, balki tugang‘uncha agar bir bayt mazmuni visol bahorida guloroyliq qilsa, yana biri firoq xazonida xornamoyliq qilibdurur. Bu surat dog‘i munosabatdin yiroq va muloyamatdin qiroq ko‘rundi. Ul jihatdin sa’y qilindikim, har mazmunda matla’e voqi’ bo‘lsa, aksar andog‘ bo‘lg‘aykim, maqta’g‘acha surat xaysiyatidin muvofiq va  ma’ni jonibidin  mutobiq  tushkay.

Har  erda  bahor  o‘lsa, chaman bo‘lsa kerak, 
Har erda chaman, gulu suman bo‘lsa kerak.

Har  qayda xazon bo‘lsa, tikan bo‘lsa kerak, 
Har  qayda tikan, ranju mihan  bo‘lsa kerak.

Zohid  xush emasturur xarobot ichra, 
Fosiq ne tilar ahli munojot ichra?

G‘urbatki, qotiq tutubtur oni bori xalq, 
Budurki, tushar kishi suruk yot ichra.

Yana masnaviy bila qasoyiddin boshqakim, inshoolloh, alar dog‘i har qaysi boshqa mujallad bo‘lg‘ay, har nav’ she’rdin, masalan, ruhafzo muxammaslar, barcha xamsaziynat; va ravonoso musaddaslar, barcha sittaziynat; va mufid ruboiyot, barcha latofatomiz; va nofi’ muqattaot, barcha manfaatangiz; va dilpazir mustazodlar,  barchaning  vasfi  zoyidul-had;   va  benazir   fardlar, barcha lutfu ravonliqda mufrad; va nomiy muammolar, barchasi ot yoshurmoqda sotir; va kiromiy lug‘zlar, barchaning mabtunlug‘i zohir; va musalsal tarji’lar, barcha marg‘ub; va mu’tadil tuyug‘-lar, barcha turkiy uslub bu abyot zaylida muxayyal va bu ash’or xaylida muzayyal bo‘ldi. Va g‘araz bu fihrastdinkim, bu zebo uzorig‘a yozildi, va maqsad bu debochadankim, bu ra’no ruxsorig‘a bitildi, ul erdikim, chun salotindin qay birikim binoe qo‘yubdururlar mann’ va ayvone chekibtururlar rafi’, ul bino ravoqida va ul ayvon toqida o‘z ismlarin tahrir va o‘z alqoblarin tanqir qilibdururlarkim, to ul ayvon toqi bo‘lg‘ay, ul ism anda boqiy bo‘lg‘ay:

Kim qilsa imorateki, maqdur o‘lg‘ay, 
Chun ismi kitobasida mastur o‘lg‘ay 
Ne choqqacha ul binoki ma’mur o‘lg‘ay, 
Ul ism ulus tiliga mazkur o‘lg‘ay.

Chun bu qubbayi sipehrtimsol qasredurur muallo, ul hazratning tab’i latifining me’mori bino qilg‘on va bu ravzayi firdavsmisol bog‘edurur jahonoro, ul janobning xayoli sharifining bog‘boni tarh solg‘on va bu qasr asosining toqida ul ro‘zafzun janob yozilsa, ne g‘arib va bu bog‘ kiryosining ravoqida ul humoyun alqob bitilsa, ne ajib:

G‘araz ul erdikim, bu qasri oliy,
Qi hargiz bo‘lmag‘ay, yo rab, zavoli,

Binoedurki, shah bunyod qilmish, 
Zamona qasridek obod qilmish.

Ani shah ixtimomi qildi ma’mur, 
Meni me’mor farz et, balki muzdur,

Agar muzdur, agar me’mori mohir, 
Ishicha ming chu muzdi bo‘ldi zohir.

Tugangach shoh qasri zarnigori, 

Alarg‘a qasr aro ne daxl bori?

Xalil ar Ka’bani obod qildi, 
Yaqin bormuki, ne ustod qildi?!

Hamul sadkim, Sikandar qildi ma’mur, 
Kim ayturkim, anga kim erdi muzdur?

Imorat sa’yida kim bo‘lsa zarposh,
Bino oning oti birla bo‘lur fosh.

Binog‘a garchi har kim bo‘lsa boniy, 
Atarlar boniy ismi birla oni.

Va lekin xalq aro bu bo‘ldi dastur, 
Ki bo‘lg‘ay onda boniy ismi mastur.

Shah otin, chunki bu ma’nini bildim, 
Bu qasr ayvoni uzra sabt qildim.

Ki to bo‘lg‘ay bu qasri charxkirdor, 
Bu ism ayvonida bo‘lg‘ay namudor.

Alo, to charx qasri soyir o‘lg‘ay, 
Nujum ayvoni uzra doyir o‘lg‘ay,

Bu shoh ayvoni umrining binosi 
Matin o‘lsun, nechukkim charx asosi.

Qadar devonidin  har lahza komin 
Qazo dilxohidek etkursun, omin!

Yana daqoyiqshior muxaqqiqlar xizmatida va haqoyiqdisor mudaqqiqlar hazratida arzim uldururkim, bu parishon abyotkim, sharh qilg‘ondek tartib topti, bu zobita qaydig‘a kirmasdin  va bu robita silkiga tortilmasdin burun, bu jihatdinkim, agar ba’zisi vasati sinda aytilg‘on bo‘lsa, ba’zi sig‘ari sinda deyilib erdi va ba’zi fikriy bo‘lsa, ba’zi badiha va ba’zi sog‘ erkanda bo‘lsa, ba’zi usruklukda, va ba’zi hushmandlikda bo‘lsa, ba’zi devonaliqda voqi’ bo‘lub erdi; oralarida, shoyadki, fohish tafovut bo‘lg‘ay deb jam’ qilmog‘ida dalirlik qilinmas erdi, ammo xaloyiq arosida ming bayt-ikki ming bayt ortug‘roq-o‘ksukrakkim o‘zlari jam’ qilib erdilar, bag‘oyat mashhur bo‘lub erdi. Bularning tartibig‘a hukm bo‘lg‘ondin so‘ngra ba’zi abyotekim, xomroq va ba’zi g‘azaliyotekim, notamomroq erdi, kitobat shuyu’idin va shuhrat vuqu’idin o‘zgalar orasidin xorij qilmoqliq mutaazzir, balki muhol ko‘rindi, ul jihatdin har qaysi o‘z erida nazm silkiga kirdi.

Gul bo‘lsa, tikan dog‘i bo‘lur bo‘stonda, 
Dur bo‘lsa, sadaf dog‘i bo‘lur ummonda.
Sukr o‘lsa, xummor ham bo‘lur davronda, 
Ayb aylama, soda bayt bu devonda.

Ayb istaguchiki, so‘zidur barcha xilof, 
Feruzani xarmuhra debon sursa gazof. 
Chun javharini zohir etar, ayla muof, 
Mundoq javhariyg‘a tengri bergay insof.

Yo rab, chekibon ko‘p raqam jurmu gunoh 
Nomamni qaro qildimu umrumni taboh. 
Rahmat suyidin yumasang ul nomani, oh, 
Mahshar kuni netkamen meni nomasiyoh?!

Kom ayla Navoiyg‘a fanoni, yo rab! 
Chun bo‘ldi sening yo‘lingda foniy, yo rab! 
Lutf ayla baqoyi jovidoniy, yo rab! 
Ul dam sen bil, ne qilsang oni, yo rab!
 

Yuz gul arosida bir tikan bo‘lsa, ne tong?! 
Yuz yaxshi ichinda bir yoman bo‘lsa, ne tong?! 
Ming sog‘ar ichilsa, uylakim obi hayot,
Birining tahida durdi dan bo‘lsa, ne tong?!

So‘z  rishtasi  uzoldi    va  maqsud    gavhari    orada  qoldi.  Bu mazkur bo‘lg‘on mahodimg‘a  hosilki,  iltimosim  budururkim,  ya’ni:

Bu nomag‘akim, xomam etibtur tahrir, 
Aylarda nazzora ahli maьni bir-bir, 
Taqsir topilsa, aylasunlar tag‘yir, 
Tag‘yir berurda qilmasunlar taqsir.
 

 

                     G‘azallar

                            1
 
Ashraqat min  aksi shamsil-ka’si anvorul-xudo, 
Yor aksin mayda ko‘r, deb jomdin chiqti sado.

G‘ayr naqshidin ko‘ngul jomida bo‘lsa zangi g‘am, 
Yo‘qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.

Ey xush ul maykim, anga zarf o‘lsa bir sing‘on safol, 
Jom o‘lur getinamo, Jamshid ani ichgan gado.

Jomu may gar buyladur, ul jom uchun qilmoq bo‘lur 
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.

Dayr aro hush ahli rasvo bo‘lg‘ali, ey mug‘bacha, 
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.

Toki ul maydin ko‘ngul jomida bo‘lg‘ach jilvagar 
Chehrayi maqsud, mahv o‘lg‘ay hamul dam moado.

Vahdate bo‘lg‘ay muyassar may bila jom ichrakim, 
Jomu may lafzin degan bir ism ila qilg‘ay ado,

Sen gumon qilg‘ondin o‘zga jomu may mavjud erur, 
Bilmayin nafy etma bu mayxona ahlin, zohido.

Tashnalab o‘lma,  Navoiy, chun  azal  soqiysidin 
«Ishrabu yo ayyuhal-atshon» kelur har dam nido.

                                          2

Zihi husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo,

Bu savdolar bila kavnayn  bozorida yuz g‘avg‘o.

Seni topmoq base mushkildurur, topmaslig‘ osonkim, 
Erur paydolig‘ing pinhon, vale pinhonlig‘ing paydo.

Chaman otashgahiga otashin guldin chu o‘t solding, 
Samandardek ul o‘tdin kulga botti bulbuli shaydo.

Ne ishga bo‘ldi beorom ko‘zgu aksidek Majnun, 
Yuzi ko‘zgusida aksingni ko‘rguzmadi Laylo.

Quyoshg‘a gah qizormoq, goh sorg‘ormoq erur andin, 
Ki sun’ung bog‘ida bor ul sifat yuz ming guli ra’no.

Nedin yuz gul ochar ishq o‘tidin bulbul kibi Vomiq, 
Yuzungdin gar uzori bog‘ida gul ochmadi Uzro?

Kalomingni agar Shirin labida qilmading muzmar, 
Nedin bas la’l o‘lur Farhodning qon yoshidin xoro?

Jamoling partavidin sham’ o‘ti gar gulsiton ermas, 
Nedin parvona o‘t ichra o‘zin solur Xaliloso?

Malohat birla tuzdung  sarvqadlar qomatin, ya’ni 
Ki mundoq zeb birla ul alifni aylading zebo.

Qanoatning dalilin inzivo qilding, yana bir ham 
Dalil ushbuki qoni’ harfidin xalq aylading anqo.

Navoiy qaysi til birla sening hamding bayon qilsun, 
Tikan jannat guli vasfin qilurda gung erur go‘yo.

                                       3

Ey, mushafi ruxsoring azal xattidin insho, 
Debochayi husnungda abad nuqtasi tug‘ro.

Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir, 
Amtor aro har qatraki bor, hamdinga go‘yo.

Mashshotayi husnungdurur ulkim, nafas ichra 
Kun ko‘zgusin oqshom kulidin qildi mujallo.

Kun shakli yuzung sajdasidin bo‘ldi mushakkal, 
Tun turrasi qahring elidin bo‘lda mutarro.
 

Sun’ung qilibon subhni ul nav’ musha’bad, 
Kim mehr o‘ti og‘zidin etar har nafas ifsho.

Go‘yoki kuyar og‘zi ul o‘t xirqatidinkim, 
Anjumdin o‘lur obilalar girdida paydo.

Muhtoj sening dargahinga xusravu darvesh, 
Parvarda sening ne’matinga johilu dono.

Gul yuzida bulbul sening asroringa notiq, 
Sham’ o‘tida parvona sening husnunga shaydo.

Ushshoq aro, yo rabki, Navoiyg‘a maqome 
Bergilki, sening hamdinga bo‘lsun tili go‘yo.

                                4
Ey, hamd o‘lub mahol fasohat bila sanga, 
Andoqki, qurbi taqviyu toat bila sanga.

Topmoq ajib fikru taxayyul bila seni, 
Etmak xayol aqlu farosat bila sanga.

Chun koinot zubdasi ojiz ko‘rub o‘zin, 
Hamd eta olmas oncha fasohat bila sanga.

Izhori ajz bizdin adab tarkidur base, 
Yuz ming qusuru nuqsu kasofat bila sanga.

Har tiyra ro‘zgorki, vaslingg‘a yo‘l topib, 
Sendin etib charog‘i hidoyat bila sanga.

Lutfung rafiqim o‘lmasa, ne hadki, etkamen 
Boshtin-ayoq gunohu zalolat bila sanga.

Chun sendin o‘zga yo‘q panahim, qochmayin netay 
Jurmu gunahdin ohu nadomat bila sanga?

Isyoni ko‘p Navoiyningu yo‘q uyotikim, 
Istar etishsa muncha xijolat bila sanga.

Lutf aylagilki, mumkin emas qilmasang qabul, 
Etmak tamomi umr ibodat bila sanga.

                                  5

Yo rab, ulus nihoni emastur nihon sanga, 

Ne dey nihon g‘amimni, erur chun ayon sanga.

Qaysi makon aro seni istayki, kavnda 
Sensiz emas makoniyu yo‘qtur  makon sanga.

Amringdin ayru tilga takallum chu yo‘q, ne ayb, 
Gar hamd ayta olmasa bu bezabon sanga.

Ey kosh, topsa jonu ko‘ngul oncha qurbkim, 
Jonni ko‘ngul, ko‘ngulnn fido qilsa jon sanga

Zohir qilurda hojat erur hazratingda teng 
Sultoni  asru soyili  bexonumon sanga.

Izhori ajz etarda janobingda birdurur 
Neshi sinuq singak bila pili damon sanga.

Chun pashsha ojiz o‘ldiki, yuz mencha qurbi bor, 
Hayhot, agar etarni men etsam gumon sanga.

Haq sirridin,  Navoiy,  agar istasang nishon, 
Jahd aylagilki, qolmasun avval nishon sanga.

Yo rab, bu xasta ulcha tamanno qilibdurur, 
Chun bor ayon sanga, nesin aylay bayon sanga?

                                  6

Ey, nubuvvat xaylig‘a xotam bani Odam aro, 
Gar alar xotam, sen ul otkim, bo‘lur xotam aro.

Yuz eshiging tufrog‘ig‘a surta olg‘aymenmu deb 
Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro.

Anjum ichra orazing me’roj shomi uylakim, 
Tushsa durri shabcharog‘i har taraf shabnam aro.

Ne uchun kiymish qaro har yon solib jaybig‘a chok, 
Furqatingdin Ka’ba gar qolmaydurur motam aro?

Sof ko‘nglida yuzung mehrini go‘yo asramish, 
Tush chog‘i har kun quyosh aksi emas Zamzam aro.

Mash’ale bo‘lmish malak ilgida ravzang boshig‘a 
Oy charog‘i har kecha bu nilgun toram aro.
 

3-qism

1-qism


Ma'lumot
2018, 31-Yanvarda yuklangan

102 marta ko'rildi

BADOYI UL-BIDOYA (1-tom)


Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Devonlar Alisher Navoiy Devonlari Alisher Navoiy asarlari