Sahifa yuklanmoqda . . .
– Aytgil, ro‘bob, mashqing buncha past,
Eshitaman musiqang arang?
– Evoh, egam, so‘ylaganing rost,
Yo men nosoz, yoki sen garang!
– Rubob, kuying emasdir a’lo,
G‘aming to‘zg‘ir achchiq tutunday?
– Yoki menga bo‘mish bir balo,
Yo o‘zgarding sen ham butunlay!..
1976
Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).