Sahifa yuklanmoqda . . .


Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...

 

Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu,

Masaldurkim: «Charog‘ tubi qorong‘u».

 

Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, —

Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)».

 

Yuzungni tuttum ortuq oy-u kundin,

«Kishining ko‘zidur, ore, tarozu».

 

Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, —

Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa hindu».

 

Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat, —

Ki ayturlar: «Tiloganni — tilogu”.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

673 marta ko'rildi

6 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ayoq gisu masal chiroq tub qorong'u ko'z oraz ariq suv yuz oy kun kishi tarozu qon hindu vasl lutfiy ijobat tilak
Muallif
Lutfiy

Lutfiy

(1366-1465) XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan. Obro‘yi va shuhrati shu darajaga yetgan ediki, Alisher Navoiy uni o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi shu ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Lutfiy Yakpora g'azallari Lutfiy asarlari