Sahifa yuklanmoqda . . .


"Aylasa" radifli g'azal

Ko’nglum agar g’ayri sori mayl-u taqozo aylasa,

Kuysun g’am o’tig a, o’zin g’ayrig’a shaydo aylasa.

 

Lol o’lsun-o’q nutqim agar ikki jahon ichra o’zin,

Ey sho’x, sandin o’zganing vasfida go’yo aylasa.

 

G’ayri parivash sorig’a rag’bat qilib, ey mahliqo,

Ko’z xira bo’lsun gar yuzing ko’rmay tabarro aylasa.

 

Bir umr ko’nglim o’rtonib, armonda bo’lsun, ey pari,

Moyil bo’lib kavnayn aro g’ayrig’a parvo aylasa.

 

Benur o’lub chiqsun ko’zum hijroning ichra, ey go’zal,

Gar o’zga bir oromijon husnin tamosho aylasa.

 

Kom-u murodin topmasun ikki jahonda har kishi,

Gar g’ayrining ishqi bila o’zini rasvo aylasa.

 

Topg’ay edim hazzu farah behadd-u son, man sorig’a

Ul dilbari barno, Avaz, bir noma insho aylasa.

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Yanvarda yuklangan

186 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'ngul mayl taqozo g'am o't shaydolik nutq jahon sho'x vasf g'ayr pari rag'bat mahliqo ko'z yuz umr armon moyillik kavnayn hijron go'zal orom husn tomosha kom murod ishq dilbar barno noma insho
Muallif
Avaz O'tar

Avaz O'tar

(1884-1919) U o’zining xalqchillik, ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan jo’shqin ijodi bilan o’zbek xalqining sevikli shoirlaridan biri darajasiga ko’tarildi. O’zbek mumtoz she’riyati tarixida Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi yetuk zamondoshlari qatoridan o’rin oldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Avaz O'tar Yakpora g'azallari Avaz O'tar asarlari