Sahifa yuklanmoqda . . .


Asrim

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Taxtlar quladi, toptaldi tojlar,

Xudolar yiqildi yuztuban.

O'zligin tanidi muhtojlar,

Qit'alar uyg'ondi uyqudan.

 

So'zlarimiz ba'zan qon, chaqin,

Temir jarangi-la yozildi.

Atom maydalandi, oy bo'ldi yaqin,

Mozorlar, darsliklar buzildi.

 

Barini ko'rdim... Sevdim asrimni,

Butun fojiasi - dahshati bilan.

Butun go'zalligi, qudrati bilan,

Sevdim men zamondosh naslimni.

 

Kurashish, yemirish, yaratish, qurish - 

Mana shunday bo'ldi asrimizda baxt.

Sizda qanday bo'lar, men bilolmadim,

Bizda shunday bo'ldi hamma vaqt.

 


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 09-Aprelda yuklangan

127 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Asqad Muxtor o'qidi


Tayanch tushunchalar:
asr taxt toj xudo yuz o'zlik muhtoj qit'a uyqu so'z qon chaqin temir jarang atom oy mozor dars fojia dahshat go'zallik qudrat sevgi zamon nasl kurashish yemirish yaratish qurish baxt vaqt
Muallif
Asqad Muxtor

Asqad Muxtor

Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Asqad Muxtor She'rlari Asqad Muxtor asarlari