Sahifa yuklanmoqda . . .

Asarlar

Asarlar - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Bir kecha hurmatli Ayyub Ilohiy sirlar kayfidan mast bo‘lib, toat-ibodat qilib, shamdek ko‘zidan yoshlar to‘kib o‘ltirar edi. U durdek ko‘z yoshi dengiziga g‘arq bo‘lib, kuyib-yonishda shamga qo‘ldosh edi. Xilvatda bir burchakni o‘ziga maskan qilgan, go‘yo bir qutichaning ichidan eng toza dur o‘rin olgandek edi.

337
Hikoyat
Alisher Navoiy

Fano bog‘ining gul tupida o‘ltirib shuhrat qozongan kishining gulshani Suxravard edi. U nafs-u havo deviga yo‘l bermaslik uchun osmonning haqiqat avjidagi uchar yulduzi bo‘lgan edi. Bir kuni u xalifaning saroyi tomon bordi. Bu Haq rahmatining ofatga qarshi borganiga o‘xshardi. Hijoz aholisi Ka'baga e'tiqod qilgani singari xalifa Musta'sim ham

367
Hikoyat
Alisher Navoiy

Sirdonlar davrasining podshosi, dunyodagi barcha dindorlarning imomi Faxriddin Xorazmni o‘ziga oromgoh qilganda, uni ko‘rishga Xorazmshoh kelmadi. U so‘rab, buning oldiga kelmagandan keyin, ilmining qadr-qimmatini saqlab, bu ham bormadi. Shoh o‘z qilmishidan uyalib, pushaymon bo‘ldi. Lekin imom bunga parvo qilmadi. Orada ko‘p pardali gap-so‘zlar o‘tdi. O‘rtadagi parda esa ko‘tarilmagandan so‘ng bu gap-so‘zdan ne foyda.

314
Hikoyat
Alisher Navoiy

To‘qayda bir yirtqich sher bor edi. Vahshatda osmon sheridek qo‘rqmas edi. U bolalari bilan o‘ynab, zavqqa to‘lganda, chumolilar uning bolasini talab qiynardi. U o‘zining ajralmas bu boyligi – farzandini og‘zida tishlab asrar edi. O‘sha to‘qayda bir durroj ham bo‘lib, bu yirtqich sherning vahmidan doim qo‘rquvda edi

959
Hikoyat
Alisher Navoiy

Fano ko‘yida boqiy turgan odam zamon faxri - Shayxi Iroqiy edi. Uning ko‘ngli ishq sirlarining xazinasi bo‘lib, uning gaplari ishqning (yomg‘ir o‘rniga) gavhar yog‘diradigan bulutlarni eslatardi. Uning tabiati ishq o‘ti bilan yo‘g‘rilgan, «ishq» so‘zining harflari esa uning peshonasiga yozib qo‘yilgandek edi. Lekin bu ishq o‘tining da’vosi unda bo‘lsa ham, (kishilar ko‘ziga) taqvo pardasi bilan yopib yurardi. Bir necha vaqt u Misrni o‘ziga makon qildi

312
Hikoyat
Alisher Navoiy

Eshittimkim, baxtli podshoh, to‘rt ulusning xoni Temur Ko‘ragon iqlimlarni fath etishga kirishganda, Hindistonda qattiq jang bo‘ldi. Unga g‘alaba yuz ko‘rsatib, taqdir dushman lashkariga shikast soldi. Dushmanlarning hammasi dinsiz bo‘lgani uchun (Temur) bek: «Hammasini qilichdan o‘tkazinglar!» - dedi. O‘liklarning ko‘pligidan dashtlar to‘lib ketdi. Qizil qon Nil bo‘lib oqdi. O‘sha soy toshicha kallalar uchdi; har kishi o‘zboshimchalik bilan bosh oldi.

337
Hikoyat
Alisher Navoiy

Fors o‘lkasidan ikki o‘rtoq Chin mamlakati tomon yo‘l oldilar. Biri azaldan berilganiga qanoat qilardi; ikkinchisi esa undan ortiqni tama' etardi. Ular qanchadan qancha yo‘llarni bosib borarkanlar, yo‘l bo‘yida bir oddiy tosh uchrab qoldi. Uning yarmi yerga kirgan, yarmi tashqarida bo‘lib, tashqaridagi qismiga ajoyib bir gap o‘yib yozilgan edi. Yozilgan xatni ular o‘qishdi: “Kimki qiyinchilikka bardosh berib, toshning orqa tomonini ag‘darsa, unda bir afsona yozilgan.

291
Hikoyat
Alisher Navoiy

Saodatli Shoh G‘oziy podshohlik toji uchun kurashib, taxt talashib yurgan vaqtda – yonida yuz, ikki yuzcha odam bilan ko‘chib yurar, goh Xorazm yerida bo‘lardi, goh Adoqda. Otgan o‘qlari dushman yuragini qon qilib, tig‘i yov boshini uchirar edi. O‘zi asli zotida loyiq bo‘lgani uchun Alloh unga oxiri hukmdorlikni berdi. Xalqqa u adolat eshigini ochib qo‘ydi. Taxtga chiqib o‘ltirdi-yu, adolat ko‘rsata boshladi. Imoratlar qurib

523
Hikoyat
Alisher Navoiy

No‘shirvon valiahdligi chog‘ida bir qizning ishqi bilan notavon ahvolga tushib qoldi. Ko‘ngli g‘uncha singari to‘la qon edi, lekin g‘am sirlarini pinhon tutardi. Unga visol muyassar bo‘lgunga qadar cheksiz azob-uqubat va tashvishlarni boshidan kechirdi. Bir kun u chamanzordan xilvat joyni tanlab, gulrux yori bilan suhbat qurdi.

304
Hikoyat
Alisher Navoiy

Hotami Toyiga bir ko‘ngli ochiq odam dedi: - Ey, himmatda erkin tabiat kishi, saxiylik kaftingga odat bo‘lganidan buyon o‘zingga o‘xshagan kishini hech ko‘rdingmi? U dedi: - Bir kun men hamma uchun yig‘in qildim. Unga o‘sha cho‘ldagi odamlarning hammasini chaqirdim. Pishirish uchun yuzta tuya qurbon qilindi; so‘yilgan qo‘y-qo‘zilarning ham son-sanog‘i yo‘q edi. Bazm bo‘lib turgan vaqtda birpas havo olgim kelib, dasht tomonga chiqdim. Aylanib yurib, mehnatda ezilgan bir qari cholni ko‘rdim.

505
Hikoyat
Alisher Navoiy

U kishini Hirot ahli, Hirot ahligina emas, balki butun koinot uni qibla deb hisoblardi. U imoni komillarning yo‘lboshlovchi xulq-atvorlisi bo‘lib, uning ismi Abdullohi Ansoriy edi. U: “Mening ishim toat qilish va Tangrining buyruqlariga bo‘ysunishdan iborat! - der edi. - Mening maqsadim (odamlarni) do‘zax o‘ti bilan qo‘rqitish ham emas

295
Hikoyat
Alisher Navoiy

Qachonki Ibrohim Adham o‘rinbosarlikdek yuqori mansabini tark etar ekan, Alloh fano tojini uning boshiga kiydirdi. Uning podshohligi va dabdabalarini fano yeli uchirib, (Ka'baga olib boradigan) dashtni bosib o‘tish uchun qadam qo‘ydi. Masjidni qo‘yib o‘z holicha namoz o‘qir, har qadamda ikki rak’at namozini o‘qishni qo‘ymasdi. Shu tarzda u o‘n to‘rt yil yo‘l yurdi. Uni madh etish uchun har bir tikan va giyohlar tilga kirdi. Makkani tavof etish uchun u kirib kelar ekan

420
Hikoyat
Alisher Navoiy

Boyazid xafa holda o‘ltirgan edi, buni ko‘rib bir muridi uning xafachiligining sababini so‘radi. - «Ey (doim) osmoni falakning ustida yurgan, Arsh fazosiga ham qadami yetgan ustoz! Ko‘ngling qanday bir ishdan bu qadar ezilmoqda? Bunday qiynalishingga nima sabab bo‘ldi?» Pir ko‘zidan yosh to‘kib, hatto o‘tli bir oh tortib

402
Hikoyat
Alisher Navoiy

Muhabbat-ul u'zi eski narsa, Lekin har bir yurak Oni yong'orta... Hodi Toqtosh Har yurakning bir bahori bor,

746
She'r
Hamid Olimjon

Shag'irlaydi betinim daryo, Shag'irlaydi vahm to'lgan jar, Shag'irlaydi qorong'i dunyo, Shag'irlaydi vodiy, daralar. Shag'irlaydi... Bermaydi uyqu,

521
She'r
Hamid Olimjon

Eng gullagan yoshlik chog'imda, Sen ochilding ko'ngil bog'imda. Shunda ko'rdi ko'zim bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni.

1244
She'r
Hamid Olimjon

Qaydan kelding, fikrimni bo‘lding, Nega etding meni parishon? Nega buzding munis holimni, O’ylarimni nechun bemakon? Ehtiroslar, hislar, yonishlar O’lkasini kezardi xayol,

581
She'r
Hamid Olimjon

Sen bo'lmasang, shu och to'lqinlar Ko'rinmasdi sira ko'zimga, Sen bo'lmasang o'zimning ko'nglim Kirmas edi aytgan so'zimga. Sen bo'lmasang, etmasdi xursand Suv ustida suzib yurgan oy. Hamisha sho'x, doimo baland,

444
She'r
Hamid Olimjon

Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam, Labing yaprog'idan tomganki go'yo qatra bol bo'lsam. Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar, O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam.

492
She'r
Hamid Olimjon

Salom bering va lekin Yaqiniga bormanglar. Assalomu alaykum, G‘iybatchilar, xormanglar! Erkaksifat xotinlar, Xotinsifat erkaklar. Xabari yo‘q o‘zidan, Ko‘ringanni ermaklar. To‘qiyvering gap-to‘rlar, O‘zingizdan ortmanglar. Assalomu alaykum, G‘iybatchilar, xormanglar! Pismiqlar, muloyimlar, Ay, siz irkit jo‘jalar, Ay, bekorchioyimlar, Ay, bekorchixo‘jalar! Menga qolsa barini Birma-bir bosar edim. Kattaroq bir asbobga Tilidan osar edim. Zamon ko‘tarmas lekin Mayli, yaqin bormanglar. Assalomu alaykum, G‘iybatchilar, xormanglar! 2005

604
She'r
Iqbol Mirzo

Muhabbatsiz kechdi bu visol, Men murodsiz maqsadga yetdim. Tuni bilan yalindi ayol, Kelaman deb aldadim – ketdim. Yo‘lko‘rsatkich bo‘ldi xazonlar, Daydibadar yelga aylandim. O‘tdi oylar, o‘tdi zamonlar, Yana o‘sha menga aylandim. Yana bordim tilanib visol, Hasratimni aytdim- aytmadim. Meni itdek haydadi ayol, Men vafodor itdek... ketmadim.

726
She'r
Iqbol Mirzo

Sen chiroyli qiz eding, Sen chiroyli kularding. Sal xunukroq bo‘lsayding O‘zimniki bo‘larding. Men ketaman, gulg‘uncha, Qarab qolmagin, dedim. Men murodga yetguncha Qarib qolmagin, dedim. Visol nima, dedim men, Hijron kerak she’r uchun, Qiynoq kerak she’r uchun, Armon kerak she’r uchun.

766
She'r
Iqbol Mirzo

Eski doridek quvvati ketgan – qadr... Ammo hayot hamon yangi – go‘zal, o‘g‘lim. Barmoqlaring ignadan ham ingichkadir, Tuzala qol, o‘g‘lim, tezroq tuzal, o‘g‘lim. Derazadan nafasingni sezib turdim, Gunohlarim o‘ylab, ko‘nglim ezib turdim. Oq libosdan sendan battar bezib turdim, Tuzala qol, o‘g‘lim, tezroq tuzal, o‘g‘lim. Tovonimdan sochimgacha uzun og‘riq, Og‘riq bormi chorasizlikdan ham ortiq. Senga qanday dard tegdiykin mendan ortib, Tuzala qol, o‘g‘lim, tezroq tuzal, o‘g‘lim. G‘aribgina sochilmishdir o‘yinchoqlar, Beshik bo‘ynin siqayotir ko‘zmunchoqlar. Mittigina tuflichalar ham paypoqlar... Tuzala qol, o‘g‘lim, tezroq tuzal, o‘g‘lim. Asli, o‘zim xastaholman, o‘zim dardmand, Faqatgina dilimda bu kasal, o‘g‘lim. Sen sog‘aysang, men ham balki tuzalarman, Tuzala qol, o‘g‘lim, tezroq tuzal, o‘g‘lim. 1999

439
She'r
Iqbol Mirzo

Daralarga qamab qo‘yib bo‘ronlarni, Tinchlantirsam yurakdagi suronlarni. Bir erkalab, bo‘yin to‘ksam rayhonlarning, Huzuringga men o‘zimni keltursaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Umr tushdek izsiz, shitob o‘tayotir, Umidimni yanchib, mutab o‘tayotir. Oy iqida shoshqin oftob o‘tayotir, Shul hajrni men vaslga yetkursaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Ehromlar ham bir kun turob bo‘lar ekan, Koinot ham to‘zg‘ib, xarob bo‘lar ekan. Faqat sevgi mangu va sof bo‘lar ekan, Bilganimni endi senga bildirsaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Ko‘z yoshlarim, shoshilmangiz, ketmang toshib, Qon yurakka malham bo‘lar sho‘r ko‘z yoshi. Quvonchlardan kechib, qayg‘ulardan qochib, She’rlar aytib, yig‘latsaydim, kuldirsaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Aytgil, hamon bormi shirin arazlaring? Salomatmi orzularing, havaslaring. Qulog‘imdan ketgani yo‘q nafaslaring... Seni yana bir ko‘rishga ulgursaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. 1997

1019
She'r
Iqbol Mirzo