Sahifa yuklanmoqda . . .

Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat Asarlari

Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat Asarlari - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Ushbu g'azal lirik qahramon va Kashmir go'zali o'rtasidagi suhbat tarzida bitilgan bo'lib, u shoirning qalbi to'ridagi hasratlarni ham namoyon etadi. G'azal so'ngida go'zal yor oshiqdan: "Ey bechora, nega o'z vataningni tark etding?" deya so'raydi. Shunda yigit: "O'z vatanidan yiroqda yashash taqdirda bor ekan-da..." deya javob beradi...

901
Voqeaband g'azal
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

Ushbu muxammas hasbi hol ruhida bo'lib, unda shoir o'z dard-u iztiroblarini, qalbini azoblayotgan hasratlarini ifoda etgan.

446
Mustaqil muxammas
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

Mazkur g‘azal Fuzuliy ijodi ta’sirida paydo bo‘lgan. Furqatning ijodiy mahorati shundaki, u o‘zga shoirning misrasiga tayangan holda tasvir qudrati, ifoda ta’sirchanligi, chizgilarning nozikligi jihatidan oldingidan balandroq badiiy natijaga erisha olgan. Natijada ma’shuqa tasviri devorga ilib qo‘yilgan surat emas, balki o‘quvchining ko‘nglidan joy olgan harakatdagi suratga aylangan.

793
Yakpora g'azal
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

Furqatning ushbu g‘azali-tabiat lirikasining namunasi. Unda ko‘klam kelishi bilan tabiatda ro‘y berayotgan go‘zal o‘zgarishlarni g‘oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Shoir o‘tkinchi umrni go‘zallik qo‘ynida ezgulik bilan o‘tkazishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o‘tkinchi-“g‘animat”.

1371
Yakpora g'azal
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat