Sahifa yuklanmoqda . . .

Uzoqlik - Asarlar

Uzoqlik - Asarlar - uzoqlik so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

She'rda tush bilan o‘ng - odamning arosatdagi mudroq, lanj holati ustida gap boradi: lirik qahramon takror-takror tush ko‘radi, tushida mudrab yurgan el ichida yuradi, ular bilan o‘zi ham mudrab asta qadam sudraydi. Darhaqiqat, inson bolasi uchun bu og‘ir ruhiy qiynoq. Koshkiydi, bu shunchaki tush, birgina odamning arosatdagi ruhiy qiynoqlari bo‘lsa! Aslida bu butun xalq boshiga tushgan kulfat! Bu mustabid tuzum sharoitida g‘aflat bosgan bandalar orasida bo‘lgan shaxsning musibati, fojiasi. Shoir yaratganga iltijo qilib, bunday mudhish kechaning-og‘ir qiynoqning oxiri tezroq kelishini iltijo qiladi.

154
She'r
Erkin Vohidov